Get Mystery Box with random crypto!

26-mavzu TARIX – VATANPARVARLIK, MILLIY G‘URUR VA IFTIXOR MA | MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

26-mavzu

TARIX – VATANPARVARLIK, MILLIY G‘URUR VA IFTIXOR MANBAYI

Tarixni kim yaratadi? Albatta, siz va biz. Ammo uni faqat tillarda emas, balki kelajak avlod uchun yozma holda qoldirish zarur. Buning uchun esa harakat va yetarli ma’lumotlar kerak...

Amir Temur va temuriylar saltanati dunyo tamaddunida o‘chmas iz qoldirgan. Shu sababdan ham temuriylar¬ning zafarli yurishlari, ilm-fan ahliga ko‘rsatilgan e’tibor va tarix zarvaraqlaridan joy olgan boshqa olamshumul voqealar hamon muhokama etiladi.
Mustaqillik bizga tariximizni xolis va haqqoniy idrok etish, nomlari unutilishga mahkum etilgan ajdodlarimiz haqida to‘laqonli bilish imkoniyatini qaytardi. Mana shu imkoniyat tufayli tariximizning noma’lum sahifalari va qatag‘on etilgan bobolarimizga bag‘ishlab asarlar yozishga keng yo‘l ochildi.

Bergan imkoniyatlardan faqat iste’dodli va fidoyi olim-u adiblargina emas, butun «ilmiy-ijodiy faoliyati» davomida ulug‘ mutafakkirlarimizni, shu jumladan, Amir Temur va temuriylarni qoralab, ularga qarshi kurashib kelgan olimlik da’vosidagi kimsalar ham unumli foydalandi va foydalanishmoqda.

Har birimizning aziz Vatanimizga mehrimiz cheksiz. Shu buyuk mehr bizni jonajon yurtimizni asrab-avaylashga, hamjihat va ahil yashashga, yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlardan unumli foydalanishga undab turadi. Prezident ta’kidlaganidek, «eng muhimi, bugun xalqimiz dunyoqarashi o‘zgargan, ezgu maqsadlarga erishishga katta ishonchi shakllangan. Demak, Taraqqiyot strategiyamizda ko‘zlangan maqsadlar va undan keyingi qutlug‘ marralarni zabt etishimizga hech kimda shubha yo‘q».

Albatta, hech bir xalq o‘zli¬gini anglagan holda, milliy madaniyati va qadriyatlarini asrab-avaylamasdan turib, boshqa xalqlarning qadriyatlariga hurmat bilan qaray olmaydi. Yangi O‘zbekistonning kuch-qudrati xalqimizning umuminsoniy qadriyatlariga sodiqligidadir. Jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichlarida ijtimoiy hodisa¬larga munosabat xilma-xil tarzda namoyon bo‘ladi. Xu¬susan, mustaqilligimizning bi¬rinchi kunidan boshlab hayo¬timizning barcha jabhalarida «qadriyatlar», «milliy tiklanish», «milliy ong», «milliy g‘urur» «milliy vatanparvarlik» kabi atamalar tez-tez ishlatiladigan bo‘lib qoldi. Bu bejiz emas, albatta.

Zotan, g‘ururimiz, Vatanimizga bo‘lgan mehr-muhabbat «Inson qadri uchun» tamoyiliga asoslanadi. Prezidentimiz iborasi bilan aytganda, «milliy qadriyatlarimizda alohida o‘rin tu¬tadigan avlodlar o‘rtasidagi an’analar davomiyligini saqlash, urush va mehnat faxriylarining, muhtaram ota¬xon va onaxonlarimizning hayotini yanada mazmunli qilish nafaqat vazifamiz, avvalo, insoniy burchimizga aylanmoq¬da. Shuningdek, biz Yangi O‘zbekistonni barpo etishda azm-u shijoatli yoshlarimizni xalqimizning chinakam tayanchi va suyanchi, deb bilamiz».

Biz o‘z tariximizda hech qachon hech kimga hasad, yovuz niyat bilan qaramaganmiz va boshqalardan ham shuni talab qilishga haqlimiz. Lekin bu borada ham bizga qarshi qaratilgan ma’naviy va mafkuraviy tahdidlar davom etmoqda. Mafkura sohasida yurt ravnaqiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ma’naviy tajovuz – bu o‘zbek millati tarixini soxtalashti¬rish, turli xil g‘ayriilmiy talqinlar, siyosiy shiorlar bilan bizni tariximizdan, sharafli o‘tmishimizdan judo qilishga urinish tarzida namoyon bo‘lmoqda. Bunday sharoitda barchamiz xalqimiz va yurtimizni, mustaqillikni asramog‘imiz lozim, buning uchun esa uning haqiqiy ta¬rixini o‘rganish, avaylab himoyalash lozim.
Qadrlash degani – bu asrlar davomida ona yurtimizni, xalqimiz ozodligi va istiqlolini, erkin va farovon hayotini mardlik va shijoat bilan himoya qilgan fidoyi vatandoshlarni yodga olmoq, ularga munosib hurmat va ehtirom ko‘rsatmoqdir. Shu sabab ham ma’naviyatning ajralmas tarkibiy qismi bo‘lgan tarix fani istiqlol yillarida o‘zining haqiqiy vazifasini ado etishga – xalqning o‘zligini anglatishga xizmat qilishga kirishdi.