Get Mystery Box with random crypto!

Mazkur farmon asosida 2030-yilga qadar kutilayotgan natijalar | MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

Mazkur farmon asosida 2030-yilga qadar kutilayotgan natijalar sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: Orol dengizining qurigan tubining O‘zbekistondagi qismida o‘rmonzorlar maydonini uning jami hududiga nisbatan 60 foizgacha yetkazish, qishloq xo‘jaligida suv resurslarini yo‘qotishni 10 foizga kamaytirish, qishloq xo‘jaligida suv iste’molini (solishtirma gektarga nisbatan) 15 foizga kamaytirish, oqova suvlarini tozalash samaradorligini 80 foizgacha oshirish, atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishini 10 foizga kamaytirish, transport vositalarining 80 foizini gaz-ballon yoqilg‘isi va elektr energiyasida ishlashga o‘tkazish, o‘rmonzorlar bilan qoplangan o‘rmon fondi hududini 4,5 mln gektargacha kengaytirish, IV toifadagi qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar maydonini 12 foizgacha kengaytirish, Qizil kitobga kiritilgan va pitomniklarda parvarish qilingan chiroyli tuvaloqlarni tabiatga qo‘yib yuborishni yiliga 4000 gacha ko‘paytirish, aholini qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib ketish xizmatlari bilan 100 foiz qamrab olish, hosil bo‘ladigan qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash hajmini 65 foizgacha ko‘paytirish, alohida xususiyatga ega chiqindilar (tarkibida simob bo‘lgan chiqindilar, avtoshinalar, akkumulyatorlar, ishlatib bo‘lingan moylar, qadoqlar chiqindilari va boshqalar)ning qayta ishlash hajmini 30 foizgacha ko‘paytirish kutilmoqda.

Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-maydagi «O‘zbekiston Respublikasida Ekologik ta’limni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori asosida maktabgacha ta’lim muassasalari, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, professional ta’limda, oliy ta’limda, oliy ta’limdan keying ta’limda, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda, maktabdan tashqari ta’lim tizimlarida ekologik ta’limni uzluksiz yo‘lga qo‘shish belgilandi. Shuningdek, Konsepsiyaning 6-bobi bilan oliy ta’lim tizimida ekologik ta’limni takomillashtirish bo‘yicha bir qator ustuvor vazifalarni amalga oshirish rejalashtirildi.

Prezidentimizning 2023- yil 23-noyabrdagi «Respublikada yashillik darajasini yanada oshirish, «Yashil makon» umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»-gi farmoniga ko‘ra, mamlakatimizda «Yashil makon» elektron platformasi yaratildi va amalda faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 2024-yil 29-mart kuni davlatimiz rahbari raisligida bo‘lib o‘tgan «Yashil makon» loyihasi doirasidagi ishlar hamda chiqindilarni boshqarishni takomillashtirish masalalari to‘g‘risida»-gi videoselektor yig‘ilishida esa «Yashil makon» umummilliy loyihasini amalga oshirish, uning doirasida yiliga 125 mln tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish belgilanganligi, xususan, joylarda 444 ta yashil bog‘ va 160 ta jamoat parkini tashkil qilish va «Mening bog‘im» loyihasini ishga tushirish zaruriyati mavjudligi alohida ta’kidlab o‘tildi.

Xulosa o‘rnida ta’kidlash kerakki, ekologik madaniyatni shakllantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim:

birinchidan, insonning yashash muhiti bo‘lmish biosfera va ekologiya tizimlari barqarorligini saqlab qolish, odamlarning ekologik jihatdan xavfsizl igi, inson va uning kelgusi avlodlari genetik fondi haqida g‘amxo‘rlik qilish;

ikkinchidan, fuqarolarning hayot uchun qulay tabiiy muhitga ega bo‘lish huquqini ta’minlash, barcha turdagi ta’lim muassasalarida ekologiya ta’limini yo‘lga qo‘yish majburiyligi;


uchinchidan, jami yatning ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarini ilmiy asoslangan holda uyg‘unlashtirish;


to‘rtinchidan, tabiatdan maxsus foydalanganlik uchun haq to‘lash va umumiy asoslarda foydalanganlik uchun haq to‘lamaslik mexanizmlarini ishlab chiqish;


beshinchidan, ekologiya ekspertizasi o‘tkazishning majburiyligini ta’minlash va monitoringini olib borish;


oltinchidan, tabiatdan oqilona foydalanishni va tabiatni muhofaza qilishni rag‘batlantirish tizimini keng yo‘lga qo‘yish natijasida «Ekota’lim», «Ekomahalla», «Ekoshahar», «Ekohudud» huquqiy maqomini ommaviy joriy etish;