Get Mystery Box with random crypto!

50-mavzu KORRUPSIYA – TARAQQIYOTGA JIDDIY TO‘SIQ Korrupsiya | MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

50-mavzu

KORRUPSIYA – TARAQQIYOTGA JIDDIY TO‘SIQ

Korrupsiya har qanday jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy hayotiga xavf soladigan, mamlakat taraqqiyotiga to‘siq bo‘ladigan illatdir. U demokratiya va qonun ustuvorligiga putur yetkazadi, inson huquqlari¬ning buzilishiga olib keladi, jinoyatchilikning ko‘payishiga sharoit yara¬tib beradi. Korrupsiya oqibatida milliy iqtisodiyot izdan chiqadi, ijtimoiy tengsizlik chuqurlashadi, hokimiyatga ishonch yo‘qoladi, aholi o‘rtasida noroziliklar kelib chiqadi.

Bunday jinoyatlarning ko‘plab sodir etilishi iqtisodiyotni zaiflashtirib, siyosiy boshqaruvni izdan chiqarishi hamda fuqarolarning davlat tizimi va siyosiy tizimlarga nisbatan ishonchsizligini kel¬tirib chiqarishi mumkin. Shu ma’noda, korrupsiyani davlatga, jamiyatga va xalqqa qarshi jinoyat sifatida ta’riflash maqsadga muvofiqdir.

Yuqorida qayd etilganidek, korrupsiya taraqqiyot uchun jiddiy g‘ov va afsuski, bu illat tobora kuchayib bormoqda. Agar korrupsiya 2005-yilda dunyo iqtisodiyotiga 80 milliard AQSH dollari miqdorida zarar yetkazgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2019-yilda
2,6 trillion AQSH dollariga yetgan. Albatta, mazkur holat korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga qarshi kura¬shishda yanada izchil va sobitqadam bo‘lishni taqozo etadi.

Mamlakatimizda ushbu illatga qarshi kurashish masalasiga jiddiy e’tibor qaratil¬moqda. Xususan, O‘zbekiston BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasini ratifikatsiya qilgan. Shuningdek, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti doirasida qabul qilingan Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Istanbul Harakat rejasiga qo‘shilgan.

2017-yil 3-yanvarda «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Res¬publikasi qonunining qabul qilinishi mazkur yo‘na¬lishdagi ishlarning mantiqiy davomi bo‘ldi, deyish mumkin. Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari, bu boradagi davlat siyosati¬ning muhim yo‘nalishlari mustahkamlangan ushbu qonun bugungi kunda davlat organlari faoliyatining ochiqligi va hisobdorligini ta’minlash, davlat organlari, mansabdor shaxslarning o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi yuzasidan mas’uliyatini kuchaytirishga, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida parlament va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish maqsadlariga xizmat qilmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan davlat siyosati samaradorligini oshi¬rish maqsadida 2020-yil 29-iyunda «O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident farmoni qabul qilindi. Mazkur farmonga asosan, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi. Agent¬lik ayni paytda o‘z vakolatlari doirasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish bilan shug‘ullanib kelmoqda.

Joriy yil 27-noyabrda davlatimiz rahbarining «Korrupsiya¬ga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi. Mazkur farmon bilan 9 ta ustuvor yo‘nalish, 30 ta muhim chora-tadbirlardan iborat Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2023–2024-yillarga mo‘ljallangan davlat dasturi tasdiqlandi. Unda korrupsiyaga qarshi kurashishning qo¬nuniy asoslarini yanada takomillashtirish, korrupsiyaga oid xabarlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, davlat xaridlarida tovar (ish va xizmatlar)ning narxlarini nazorat qilish mexanizmlarini yaratish, Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida «Korrupsiyasiz soha» lo¬yihasini amalga oshirish, soha bo‘yicha milliy ekspertlar jamoasini bosqichma-bosqich shakllantirish, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2030-yilgacha mo‘ljallangan milliy strategiyani ishlab chiqish kabi bir qator muhim maqsadlar belgilangan.