Get Mystery Box with random crypto!

Bugungi kunda ichki ishlar organlarining tergov, jinoyat qidir | MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

Bugungi kunda ichki ishlar organlarining tergov, jinoyat qidiruv, jamoat tartibini saqlash, patrul-post, kinologiya, yo‘l harakati xavfsizligi, probatsiya, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish, transportda xavfsizlikni ta’minlash, ekspert-kriminalistika, ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash, moliya, tibbiyot singari qator sohaviy xizmatlarda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar, vazirlik tizimidagi harbiy xizmatchilar hamisha o‘z oromi, tinchi, huzur-halovati, kerak bo‘lsa jonidan kechib, Vatanimiz, xalqimiz tinchligi va osoyishtaligini saqlash va himoya qilishdek ulug‘ vazifalariga hamisha sobit. Ular diyorimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik posboni, kerak bo‘lsa qalqoni bo‘lib xalq ishonchi va roziligi yo‘lida, kecha-yu kunduz sergak va hushyor xizmat qilishmoqda. Sohadagi yangilanish, o‘zgarishlar bilan hamnafas, o‘z burchi va qasamyodiga sodiq, vatanparvar va xalqparvar fidoyi xodimlar namunali xizmati bilan Yangi O‘zbekistonda «Inson qadri uchun» degan ezgu tamoyil asosida olib borayotgan islohotlar rivojiga munosib hissa qo‘shayotirlar. Zotan, yuragi shu yurt taqdiri, uning buguni, ertasi, tashvishi bilan urib turgan har bir inson uchun Vatan tinchligi, osoyishtaligi hamma narsadan ustundir. Uni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, qadrlash esa muqaddas burch, sharafdir. Ichki ishlar organlari xodimlari ana shu ulug‘ maqsad yo‘lida bel bog‘lab xizmat qilayotgan, hamisha xalq bilan hamnafas yashayotgan oramizdagi qahramonlardir.

Gulnoza TURG‘UNBOYEVA,
o‘z muxbirimiz.

Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing

Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing

ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing

Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing

Рус тилида ўқинг / Читать по русски

2023 йил барча мавзулар /  2023 yil barcha mavzular