Get Mystery Box with random crypto!

​​To‘rtinchidan, fuqarolarga beri¬ladigan huquq va majburiyatl | MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

​​To‘rtinchidan, fuqarolarga beri¬ladigan huquq va majburiyatlar birligi prinsipi. Har bir shaxs nafaqat muayyan huquq va erkinliklar egasi, balki majburiyatlar sohibi ham hi¬soblanadi. Jamiyatda huquqiy munosabatlar ishtirokchisi bo‘lmish fuqaro faqat huquq va imtiyozlardan foydalanib qolmasdan, jamiyat, davlat va boshqa fuqarolar oldida muayyan majburiyatlarni ham o‘taydi. Konstitutsiyaning 20-moddasiga ko‘ra, fuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasliklari shart.

Ma’lumki, mamlakatimizda ma’naviyat, ma’rifat, huquqiy ong va madaniyat masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Konstitutsiyamizning mazmuni va mohiyati, ma’naviyat va ma’rifat masalalari, milliy istiqlol mafkurasi g‘oyalari bilan hamohangligini alohida e’tirof etish lozim. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev lavozimga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisidagi nutqida islohotlar¬ning bardavomligini ta’minlash maqsadida «Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari» konsepsiyasida «Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat» g‘oyasini ilgari surdi. Chunki yangi O‘zbekistonni rivojlantirishning muhim manbai yuksak ma’naviyat va ma’rifat, milliy mafkuradir.

Konstitutsiya, milliy mafkura va ma’naviyat o‘zaro chambarchas bog‘liqdir. Konstitutsiya – huquqiy tizim o‘zagi, uning boshqa barcha manbalarini uyushtiruvchi, bahamjihat etuvchi va harakatlantiruvchi markazi bo‘lsa, milliy huquqiy mafkura – uning g‘oyaviy aso¬sini, tarkibiy bo‘g‘inlarini mazmunan oziqlantiruvchi hamda yagona maqsad sari yo‘naltiruvchi manbadir.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi xalqning ma’naviy-madaniy merosi, milliy tafakkur, muqaddas islomiy qadriyatlar va ko‘p asrlik davlatchilik tajribasi hamda huquqiy an’analarga asoslangan bo‘lib, ularning boy ijobiy tajribasini o‘zida aks ettirgan. Asosiy qonuni¬mizning muqaddimasidan oxirgi moddasigacha mustaqillik, demokratiya, inson huquqlari va Vatan ravnaqi g‘oyalari tarannum etilgan.

Xulosa qilib aytganda, har bir shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish, huquqiy demokratik davlat hamda fuqarolik jamiyatini shakllantirish Konstitutsiyamizning asosiy maqsadidir. Bosh qomusimiz mustaqil davlatimizning buyuk kelajak sari intilishining huquqiy poydevori hamda inson huquqlarini himoya qilish va samarali ta’minlashning huquqiy kafolatidir.

Abdug‘afur SATTOROV,
yuridik fanlar doktori.