Get Mystery Box with random crypto!

O'ZINGGA RUXSAT BER! O'zingga ruxsat ber! Xato qìlishga! O | Malika_Khayrullayeva psiholog

O'ZINGGA RUXSAT BER!

O'zingga ruxsat ber!
Xato qìlishga!
Orzu qilishga!
O'zgarishga!
Har safar yangidan boshlashga, xoh 50 xoh 100 marta!

Ruxsat ber o'zingga tanqidga kirmaslikka!
Ruxsat ber o'zingga, o'zingni oqlamaslikka.
Ruxsat ber hech narsani isbotlamaslikka,
ishontirmaslikka!

Ruxsat ber sendan yo'li o'zga bo'lganlarga sendan ketishga!
Seni yolgizlatib qo'yganlarga, seni sevmaydigan va sen sevmaydiganlarni qo'yib yuborishga!

Ruxsat ber o'zingga - senga yoqmaydiganlardan ketishinga!

Ruxsat berish orqali, o'zimizni sevishni , qadrlashni , o'zimiz uchun yashashni , o'rganamiz!
Biz Majbur emasmiz hamma uchun yaxshi, ideal bo'lishga! Yelkangizdagi ortiqcha majburiyat yukini tashlang!!!