Get Mystery Box with random crypto!

MAKTABuz | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi maktabuz — MAKTABuz | Rasmiy kanal M
Telegram kanalining logotibi maktabuz — MAKTABuz | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @maktabuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 113.82K
Kanalning ta’rifi

Reklama: https://t.me/EduRek/16
Ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!
© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar

2024-05-29 18:12:44
Rasman: 4 milliard so’mlik GRANT eʼlon qilindi

Respublika miqyosida Millat Umidi Universiteti va Oliygoh.uz platformasi hamkorligida, maktabning 11-sinf hamda akademik litseylarning 2-bosqich bitiruvchilari, talabalar va abituriyentlar uchun 4 MILLIARD so’mlik “MILLAT UMIDI” grantiga start berildi.

Tanlov 3 bosqichdan iborat bo’lib, g’oliblar esdalik sovg’alari va Millat Umidi Universitetida tahsil olish uchun GRANT bilan taqdirlanadilar.

Hujjatlar shu yilning 3-iyuniga qadar onlayn shaklda yagona internet portal orqali qabul qilinadi.

Ro’yxatdan o’tish:
https://t.me/millatumidibot

Batafsil ma’lumot;

@MAKTABuz | Rasmiy kanal
https://t.me/+KiBmZijRG502NmRi
https://t.me/+KiBmZijRG502NmR
60.5K views15:12
Ochish/sharhlash
2024-05-29 12:43:09 Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi ochiladi

Prezident qaroriga koʻra, quyidagilar 2025/2026-oʻquv yilidan Akademiya huzuriga oʻtkaziladi:

Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti;

Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda uning tegishli filiallari.

Sport sohasida natijalari yuqori boʻlgan davlatlarning yetakchi oliy sport-taʼlim tashkilotlari tajribasi asosida zamonaviy kadrlarni tayyorlash Akademiyaning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

@MAKTABuz | Rasmiy kanal
https://t.me/+KiBmZijRG502NmRi
https://t.me/+KiBmZijRG502NmR
7.8K views09:43
Ochish/sharhlash
2024-05-29 09:29:23 Rasman: abituriyentlar kirish imtihonida qatnashishga 170 ming so'm to'laydi

O‘rta ta’limni avvalgi yillarda tugatgan abituriyentlar kirish imtihonlarida qatnashish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lov qilishlari kerak.

Hozir 1 BHM — 340 ming so'm, uning yarmi esa 170 ming so'm.

Abituriyentlarga yuboring.

@MAKTABuz | Rasmiy kanal
https://t.me/+KiBmZijRG502NmRi
https://t.me/+KiBmZijRG502NmR
8.6K views06:29
Ochish/sharhlash
2024-05-28 12:55:39 Uzrli sabablarga koʻra malaka (test) sinovlarida ishtirok eta olmagan pedagoglar 30-31-may kunlari attestatsiyadan oʻtkaziladi

Xabaringiz bor, joriy yilning 15-aprelidan 20-may kuniga qadar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagog kadrlari attestatsiyadan oʻtkazildi.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomda pedagog kadrlar attestatsiyaning biror bosqichida uzrli sabab (vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligi, respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etganligi, vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda boʻlganligi, yaqin qarindoshining vafoti, vakolatli davlat organi yoki taʼlim tashkilotlari rahbarlarining maʼlumotnomasida koʻrsatilgan boshqa asoslar)ga koʻra ishtirok eta olmagan boʻlsa, ularning attestatsiyasi boshqa muddatga koʻchirilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan, uzrli sabablarga koʻra malaka (test) sinovlarida ishtirok eta olmagan pedagoglar uchun joriy yilning 30-31-may kunlari attestatsiya sinovlari oʻtkazilishi maʼlum qilamiz.

Ushbu pedagoglar malaka (test) sinovlarida ishtirok etishlari uchun vazirlikning hududiy boshqarmalarida tashkil etilgan Ishchi guruhlarga yuqorida keltirilgan sabablardan birini asos qilgan holda ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.

@MAKTABuz | Rasmiy kanal
https://t.me/+KiBmZijRG502NmRi
https://t.me/+KiBmZijRG502NmRi
9.3K views09:55
Ochish/sharhlash
2024-05-28 12:06:00
Kelajagi uchun katta maqsadlari bor abituriyentlar diqqatiga: Osiyo Xalqaro Universitetida 2024-2025 o'quv yili uchun qabul boshlandi!

Zamonaviy va jahon standardlariga javob beruvchi o'quv binolarimiz va professional akademik jamoamiz ilmga chanqoq talabalarni kutmoqda!

Shuningdek, bakalavr bilan bir qatorda magistratura bosqichi uchun ham qabul davom etmoqda

Universitetimizdagi barcha 27 ta ta'lim yo'nalishlarini ko'rish uchun quyidagi havolani bosing: Ta’lim yo’nalishlari

Kelajagingiz uchun eng yaxshisini tanlang – hoziroq ro'yxatdan o'ting: qabul.oxu.uz

Qo'shimcha ma'lumot va savollar uchun biz bilan bog'laning:
+998553050009 | @Oxu_admin2

www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook
72.4K views09:06
Ochish/sharhlash
2024-05-28 08:00:09
Endi faqat kunduzgida o‘qiyotgan talabalar ta’lim krediti ola oladi

Prezident farmoniga ko‘ra, oliy va professional ta’lim tashkilotlarida tahsil olish uchun ta’lim kreditini faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan talaba va o‘quvchilarga ajratish belgilandi.

Ta’lim kreditini:

OTMlarning birinchi bosqich talabalari hamda professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari uchun to‘lov-kontrakt summasi miqdorida;

OTMning ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi “3” dan past bo‘lgan taqdirda to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratish (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari bundan mustasno) ko‘zda tutildi.

@MAKTABuz | Rasmiy kanal
https://t.me/+KiBmZijRG502NmRi
https://t.me/+KiBmZijRG502NmRi
8.3K views05:00
Ochish/sharhlash
2024-05-27 07:59:27
Maktab hujjatlari to'liq elektron yuritiladi

Keyingi o‘quv yilidan boshlab maktab hujjatlari to‘liq elektron shaklda yuritiladi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalangan holda maktab ta’limi jarayonini ortiqcha qog‘ozbozlikdan holi etish orqali samaradorlikka erishiladi va boshqaruv jarayonlarini shaffofligi ta’minlanadi.

Xususan, elektron baholar tabeli “emaktab.uz” platformasida avtomatik tarzda shakllanadi va ota-onalar uchun tizimdan yuklab olish imkoniyati yaratiladi.

Natijada tabeldagi baholarni o‘zgartirish va soxtalashtirishning oldi olinadi.

@MAKTABuz | Rasmiy kanal
https://t.me/+KiBmZijRG502NmRi
https://t.me/+KiBmZijRG502NmRi
9.8K viewsedited  04:59
Ochish/sharhlash
2024-05-26 10:04:54
Endi abituriyentlar faqat 1 yillik grant olishi rasman aniq bo'ldi

2024/2025-o‘quv yilidan boshlab bakalavriat va magistraturaga qabul qilingan talabalarga ta’lim granti bir o‘quv yili uchun ajratiladi. Bunda:

ta’lim granti birinchi kursda oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan davlat buyurtmasi kvotasiga muvofiq kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi;

ta’lim granti ikkinchi va undan keyingi kurslarda yuqori akademik reyting ko‘rsatkichlariga erishgan va ijtimoiy faol talabalar orasida oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan tabaqalashtirilgan tartibda qayta taqsimlanadi;

ta’lim granti tabaqalashtirilgan tartibda moliyalashtiriladi va stipendiya faqat to‘liq ta’lim grantini yutgan talabalarga to‘lanadi;

ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant sohibi bo‘lgan talabalarga davlat granti ularning o‘qish davri uchun to‘liq hajmda taqdim etiladi.

@MAKTABuz | Rasmiy kanal
https://t.me/+KiBmZijRG502NmRi
https://t.me/+KiBmZijRG502NmRi
5.1K views07:04
Ochish/sharhlash
2024-05-25 10:19:03 Rasman: OTMlarning magistraturasi uchun chet tili darajasi talabi pasaytirildi

OTMlarning magitsraturasiga qo‘yilgan chet tili talabi yo‘nalishlarga qarab farqlandi. Amaldagi tartibga ko‘ra, filologik yo‘nalishlar uchun C1 daraja, qolgan barcha yo‘nalishlar uchun esa B2 daraja talab qilinardi.

Yangi tartib bo‘yicha:

xorijiy tillar yo‘nalishlari bo‘yicha – kamida C1 darajasida;

gumanitar, biologik va turdosh fanlar, matematika va statistika, biznes va boshqaruv, huquq, xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar, jurnalistika va axborot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim sohalari bo‘yicha – kamida B2 darajasida;

boshqa ta’lim sohalari hamda madaniyat va sport mutaxassisliklari (ixtisosliklari) bo‘yicha – kamida B1 darajasida bo‘lishi kerak.

@MAKTABuz | Rasmiy kanal
https://t.me/+KiBmZijRG502NmRi
https://t.me/+KiBmZijRG502NmRi
6.6K views07:19
Ochish/sharhlash
2024-05-25 09:57:24 Rasman: bu yil qabul 5-iyundan boshlanadi!

Qabulga oid prezident farmoni chiqdi. Unga ko'ra, 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkazilishi belgilansin. Bunda:

a) abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi;

b) davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:

birinchi bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi. Bunda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yagona kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturlari va baholash mezonlari tegishli vazirliklar (idoralar) tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi;

o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi;

ikkinchi bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi.

@MAKTABuz | Rasmiy kanal
https://t.me/+KiBmZijRG502NmRi
https://t.me/+KiBmZijRG502NmRi
6.5K views06:57
Ochish/sharhlash