Get Mystery Box with random crypto!

#DIQQAT Kelgusi yil uchun malaka oshirish shaklini o'qituvchi | Maktablar uchun hujjatlar

#DIQQAT

Kelgusi yil uchun malaka oshirish shaklini o'qituvchining o'zi tanlaydi

Xalq ta'limi tizimida amalga oshirilgan eng katta islohotlardan biri pedagog xodimlarning kelgusi yil uchun qayerda va qanday shaklda malaka oshirishni shaxsan ularning o'zlari tomonidan ixtiyoriy asosda tanlanishini ko'rsatish mumkin.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 25-sonli "Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi to‘g‘risida"gi qaror nizomiga ko'ra, Reyestr orqali har yili 5-oktabrda navbatdagi kalendar yilda tashkil etiladigan malaka oshirish kurslari haqidagi ma’lumotlar kurslarni tashkil qiladigan ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlari hamda elektron platforma bo‘yicha barcha xodimlar e’tiboriga havola qilinadi.

Xalq ta’limi tashkilotining har bir xodimi, joriy yilning 6-oktabridan 15-oktabriga qadar, o‘z ehtiyoji va ixtiyoridan kelib chiqib, navbatdagi kalendar yilda malaka oshiradigan ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotini tanlaydi.

Shu munosabat bilan bugundan 15-oktabr qadar har bir pedagog xodim "Uzluksiz kasbiy ta'lim" platformasida REYESTR qismi orqali kelgusi yil uchun malaka oshirish shaklini tanlashlari so'raladi.

Ilk bor ro'yxatdan o'tganlar uchun yo'riqnoma: https://avloniy.uz/uz/resource-center/curricula/93

Reyestrda malaka oshirish shaklini tanlash bo'yicha videoyo'riqnoma: https://t.me/video_yoriqnoma/51


A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram |Facebook |Website|YouTube