Get Mystery Box with random crypto!

“Ta’limni raqamlashtirish, elektron ta’lim resurslarini yarati | Zamonaviy Maktab

“Ta’limni raqamlashtirish, elektron ta’lim resurslarini yaratish” mavzusida Respublika seminari bo‘lib o‘tdi!

Xalq taʼlimi vazirining 2022-yil 6-iyundagi 01-190-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–134-son Farmoni, PQ–241-son qarori mazmun mohiyatini masʼullarga yetkazish yuzasidan Rustam Karimjonov boshchiligida videokonferensiya ko‘rinishida seminar o‘tkazildi.

Seminarda hududiy xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, tuman, shahar xalq taʼlimi bo‘limlari mudirlari hamda ularning masʼul bo‘lim va sho‘ba rahbarlari, maktab direktorlari ishtirok etishdi.

Ushbu seminarda “Bir million dasturchi” loyihasini va “Elektron shahodatnoma” tizimini joriy etish to‘g‘risida, shuningdek, maktablarda yoz mavsumida internetni uzluksiz ishlashini ta’minlash bo‘yicha ma'lumotlar berildi.
Yoshlar yozgi ta'tilini unumli o‘tkazishlari uchun maktablarda qiziqarli to‘garaklar ochish bo‘yicha qo‘llanmaning taqdimoti o‘tkazildi.

Video-seminar havolasi

Milliy ta'lim resurslari youtube kanali.