Get Mystery Box with random crypto!

​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​ 58-dars Ing | Qitmir

​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​ 58-dars

Ingliz tilida artikl (6-qism)

Artikl (noaniq va aniq artikl), qoida bo'yicha, quyidagi hollarda ishlatilmaydi:

a) atoqli ot bilan:
Klin Klin (shahar nomi) 
Peter Peter (kishi nomi)

b) sifat yoki ko'rsatish olmoshlari va sanoq son bilan aniqlanib kelayotgan turdosh otlardan oldin.
My pen's bad. — Mening ruchkam yomon.

That man's nice. — U odam yaxshi.

Page seven is clean. — Yettinchi sahifa toza.

Artiklning gapdagi o'rni.
Artikl (noaniq va aniq artikl) o'zi tegishli bo'lgan ot oldidan keladi. Agar ot oldidan sifat yoki tartib son bilan ifodalangan aniqlovchi kelsa, unda artikl aniqlovchidan oldin keladi: 
the black pen — qora qalam
the first plan — birinchi reja

Noaniq artikl tarixan qadimgi ingliz tilidagi an (one) so'zidan kelib chiqib, bir ma'nosini beradi. Shuning uchun u faqat donalab sanaladigan otlar oldidan birlikda ishlatiladi. Aniq artikl faqat the ko'rinishiga ega. Aniq artikl the -that (u, o'sha) ko'rsatish olmoshidan kelib-chiqib birlik va ko'plikdagi otlar bilan ishlatiladi. 

Artiklning asosiy vazifalari
Ot bilan noaniq artikl ishlatiladi, agar biz predmetga tegishli bo'lgan sinfdan xohlaganimizni nazarda tutsak
Masalan: This is a table. - Bu stol.

Masalan, I need a pencil gapida har qanday qalam sinfiga ta'luqli bo'lgan istalgan bir predmet nazarda tatiladi.

Noaniq artikl kasb nomlaridan oldin ham ishlatiladi.
Masalan: His father I s a doctor. — Uning otasi vrach.

Bu yerda uning otasi o'qituvchi emas, ishchi emas, balki vrach deb nomlanadigan kasbdagi kishilardan biri ekanligi nazarda tutiladi.

Sinfdoshlarga yuboramiz)
YouTube Kanalimiz
Sevimli kanal @Maktabdavrimtv