Get Mystery Box with random crypto!

​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​ 56-dars Ingli | Qitmir

​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​ 56-dars

Ingliz tilida artikl (4-qism)

Aniq artikl
Aniq artikl — so’zlovchi va tinglovchiga ma’lum bo’lgan, avvalroq gapda eslatib o’tilgan, dunyoda yagona bo’lgan otlar oldidan ishlatiladi.

Aniq artiklning faqat bitta shakli bor: THE.

“THE” aniq artiklning ishlatilish qoidalari juda ko’p. Ammo asosiysi – bu aniq artiklning “hamma uchun aniq” bo’lgan otlar oldidan ishlatilishidir. Aniq artiklning alohida qoidalarini keyingi darslarimizda ko’rib o’tamiz.

O‘tgan darslarni umumlashtirish uchun quyidagi misolga qarang:
I ate a sandwich and an apple for breakfast. (Men nonushtaga (bitta, harqanday bir) sendvich va (bitta, har qanday bir) olma yedim). 

The apple was bad but the sandwich was nice. ((O’sha, men yegan) olma yomon ekan va (o’sha, men yegan) sendvich yaxshi ekan).

Misolda keltirilganidek, sendvich va olma haqida birinchi marta gapirilganda ulardan oldin “A” va “AN” noaniq artikllari qo’yildi. Aynan shu sendvich va olma haqida ikkinchi marta gapirilganda esa bu otlar oldidan “THE” aniq artikli qo’yildi.

Boshqa misollar

On Monday, an unarmed man stole $1,000 from the bank. The thief hasn't been caught yet.

I was walking past Benny's Bakery when I decided to go into the bakery to get some bread.

There's a position available in my team. The job will involve some international travel.

Sinfdoshlarga yuboramiz)
Sevimli kanal @Maktabdavrimtv