Get Mystery Box with random crypto!

Makro tarmog'i #InsonQadriUchun aksiyasiga qo'shildi Makro su | Makro supermarket

Makro tarmog'i #InsonQadriUchun aksiyasiga qo'shildi

Makro supermarketlar tarmog'i #InsonQadriUchun aksiyasiga qo'shilib, uning doirasida yuzlab import qilingan tovarlar narxini pasaytirishi haqida e'lon qildi. Bunday ijobiy yangiliklar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning import bojxona bojining nol stavkalari belgilash bo'yicha tashabbusi tufayli amalga oshishi mumkin bo'ldi.
23-mart kuni «Iste'mol bozorlarida narxlar barqarorligini ta’minlashga va monopoliyaga qarshi choralarning ta’sirchanligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni e'lon qilindi. Mazkur hujjatga binoan bir vaqtning o'zida 36 tovar guruhiga nisbatan - bu esa 1000dan ortiq nomdagi mahsulotlar demakdir - bojxona bojining nol stavkasi qo'llaniladi. Boshqacha qilib aytganda, ushbu tovarlar ancha arzonlashadi.

Un, sut mahsulotlari, baliq, sariyog', bananlar, qahva, choy, o'simlik yog'i, xamirturush va ko'pgina boshqa ommabop import tovarlari ushbu ro'yxatdan o'rin olgan.

«Supermarketlarimizda narxlarni pasaytirish masalasini ustida ishlashga jiddiy yondashib, auditni o'tkazdik va xattoki narxko'rsatkichlarni o'zgartirdik. Makro do'konlariga kirib, xaridorlar ayni paytda narxko'rsatkichlari maxsus tarzda pasaytirilgan ko'pgina tovarlarni ko'rishlari mumkin. Javonlarda qo'yilgan mahsulotlar xilma-xilligida osonlikcha yo'l topishlari uchun biz
«Adolatli Narxlar» deb nomlangan maxsus katalogini chop etdik. Unda bojxona bojining nol stavkasi qo'llanganligi tufayli arzonlashgan barcha tovarlar to'plangan. Ijobiy o'zgarishlar va Prezidentning tashabbuslari tufayli xaridorlarimizga ya'ni butun O'zbekiston aholisi va mamlakatimiz mehmonlariga kerakli bo'lgan tovarlarni hamyonbop narxlarda taqdim etishimiz mumkin. Va bunday o'zgarishlar endi-endi boshlanmoqda», - deb Makro supermarketlar tarmog'ining Boshqaruvchi direktori Dmitriy Bova izoh bermoqda.

Adolatli narxlar katalogidagi mahsulotlar roʻyxatini bu yerda topishingiz mumkin.