Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mit | MAKON Marketing

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tomonidan O‘zbekiston Marketing Uyushmasiga 01-06/2507-sonli xat yuborildi.

Xatda 9-sentabrdan O‘zbekiston Respublikasining yangi “Reklama to‘g‘risida”gi qonuni kuchga kirishi haqida ma’lumot berilgan.

Qonun, xususan, quyidagi talablarni belgilaydi:
reklamani tarqatish tili
reklama faoliyati sub'ektlarining huquqlari va majburiyatlari
Televideniye, radio, bosma nashrlar, ichki va tashqi reklama orqali reklamani joylashtirish
Yuridik shaxslarning reklamasi va boshqalar.

Agentlikning murojaatidan maqsadi Uyushmaning barcha hamkorlarini ushbu Qonunning mazmuni haqida xabardor qilishdan iborat. O‘z navbatida, Agentlik barcha zarur tushuntirishlar va maslahatlarni berishga tayyor.

Uyushmaning barcha hamkorlarini O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi qonuni bilan tanishib chiqishlarini so‘raymiz.

Qonun matni ilovada.

@makonmarketing