Get Mystery Box with random crypto!

​​GʻARB QUYOSHI Nodonlar otdadir, mazlum koʻzi yosh, Dunyo gu | Qamari🌙

​​GʻARB QUYOSHI

Nodonlar otdadir, mazlum koʻzi yosh,
Dunyo gunohlarga boʻlibdi-ku gʻarq...?

Qonunni bajarar faqat bir quyosh,
Betartib kunlarni yoritadi sharq

Juma…
Bir kuni uygʻonib, ishqalab koʻzni,
Gʻarbda edi quyosh, ne bu, ne holat
Nahotki tugadi koʻkda ham tartib?
Nahotki oxiri yengdi razolat?

Yoʻq, bu oxir emas, angladik oʻzni
Azal vazifasin qildi tabiat.
Insoniyat bir safda kutar u soʻzni...
Aslida boshlandi bugun Adolat!

Qahramon Aslanov

Juma jumlamizga xayrli bo'lsin, azizlar!

@FarosatdaFiltrlanganFikrlar