Get Mystery Box with random crypto!

#Ketayabman,ketdim. Yomgʻir Meni kuzatasan yomgʻirl | Mahsunimm❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥

#Ketayabman,ketdim.

Yomgʻir

Meni kuzatasan yomgʻirlar bilan,
Iloyo oftoblar kuzatsin seni.
Ketyapman dardingni tuzata olmay,
Endi duolarim tuzatsin seni.

Mana ketayapman shu soʻzni aytib,
Ufqlarga sachrab dilimning rangi.
Meni taʼqib etar qiyomatgacha,
Yomgʻir shiviriyu isming jarangi.

Menam darvesh edim, ey Mashrab bobo,
Bugun jonga tegdi kuloh-janda ham.
Mening koʻzlarimdan yosh tinmaganday,
Yomgʻirlar tinmabdi Fargʻonada ham.

Endi xayr emas, alvido, doʻstim,
Ranjima sogʻinchlar ezgan bagʻirdan.
Sen — kuzda adashib qolgan bahorsan,
Men yozda adashib yoqqan yomgʻirman.

Sen sira kuyinma, bori ayb menda,
Yoʻllar yuragingga boshladi meni.
Toshkentga kelgandim, gunohkorsan, deb, 
Yomgʻirlar savalab tashladi meni.

Endi kuzatmaysan yomgʻirlar bilan.