Get Mystery Box with random crypto!

Mahammadjanov

Telegram kanalining logotibi mahammadjanov — Mahammadjanov M
Telegram kanalining logotibi mahammadjanov — Mahammadjanov
Kanal manzili: @mahammadjanov
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 26
Kanalning ta’rifi

Shaxsiy fikrlar va qarashlar. Fikrlar kimgadir yoqmasligi bu normal holat. O'zingni qiynama. Baribir befoyda.

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2021-01-06 08:09:04 Олий Мажлис Сенатининг ўн биринчи ялпи мажлиси бошланди.

Унда бир қатор масалалар кўриб чиқилади. Жумладан, Конституцияга ўзгартишлар киритиш тўғрисидаги қонун ҳам ушбу ялпи мажлисда кўриб чиқилади.

Мажлисни UzReport телеканалида, шунингдек қуйидаги саҳифа орқали жонли эфирда томоша қилишингиз мумкин:

183 views05:09
Ochish/sharhlash
2021-01-05 20:19:15
#Диққат

Эртага ҳаво ҳарорати -17 даражагача совиши кутилмоқда

«Ўзгидромет» берган хабарга кўра, 5 январдан 6 январга ўтар кечаси Ўзбекистонда ҳаво ҳарорати кескин совиб кетиши кутилмоқда. Жумладан Қорақалпоғистон ва Хоразмда, шунингдек Навоий вилоятининг айрим қисмларида ҳаво ҳарорати -17 даражагача совиб кетади.

Тошкент, Сирдарё, Самарқанд, Жиззах вилоятларида ҳарорат кечаси 7-12° совуқ, кундузи 2-7° совуқ бўлади.

Shaxsiy kanalimga qo'shiling:
@Mahammadjanov
177 views17:19
Ochish/sharhlash
2021-01-05 11:05:47 ​Ba'zi odamlarimizni umuman tushunmayman. Qoidabuzarlikni ko'rgan odamni terpila quloq balo battar deydi. Sizlar qamoqdan qochganmi? Qanday "ponyatka" bilan yashayapsizlar? Farosat - 0! Ba'zilar videoda ham buni harom deb chiqyatpi. Qoidabuzarlik halolmi?

Kimnidir mashina urib ketsa qidirib so'rab yurasizlar guvohlarni. Avvalo qoidani buzmanglar. Siz qoida buzsangiz, bunga qonuniy chora ko'rishni so'ragan odam aybdormi?

Hammasi mana shunday kichik qoidabuzarliklardan boshlanadi. Jamiyatni o'zgartirishimiz kerak. Qoidani buzish - normal holat emas. Bahonalar topilaveradi hammada. Lekin nima bo'lganda ham qoidani buzish mumkin emas. Buzdingmi? Boshqalardan xafa bo'lma. O'zing aybdorsan.

Korrupsiya holatlarini ham aytishimiz kerak. Hamma qonundan qo'rqib uni hurmat qilib yashashi kerak. Kichikdan boshlab kattagacha! Tepadagilar ham bundan mustasno emas.

Qonunni buzganlarni ko'rsatganlarga rahmat deyish kerak. Yo'llarda nechchi kishi halok bo'lyapti? Shular bilan kurashishda har qanday usul yaxshi.

Birovni "terpila" deyishni o'rniga, qoida buzmay harakatlanishni o'rganing.

---

Я вообще не понимаю некоторых наших людей. Человека, снявший нарушение называют терпилой, қулоқ и тд. Откуда такие понятия вообще? Вы из тюрьмы что-ли недавно вышли? Некоторые на видео еще говорят, что это харам. А нарушать значит халал?

Если кого-то сбила машина или какая-то авария случилась, сами всегда ищите свидетелей.

Прежде всего, не нарушайте правила. А если нарушили, виновен в этом только вы.

Все начинается с таких вот мелких правонарушений. Нам нужно изменить общество. Нарушать правила - это ненормально. Отговорки и отмазки можно находить всегда. Но несмотря ни на что, правило нельзя нарушать. Нарушил? Не обижайся. Другой человек вообще не виноват в том, что хочет чтобы таких как ты было меньше.

Также мы должны сообщать о фактах коррупции. Каждый должен жить в страхе перед законом и уважать его. От мала до велика! Те, что наверху, не исключение.

Спасибо тем, кто указывает на нарушителей закона. Благодаря им, возможно, лихачей будет меньше. Ведь столько людей погибает на дорогах... С нарушителями нужно бороться любыми методами.

Вместо того, чтобы называть кого-то «терпила», научитесь водить не нарушая правила.

@trolluz
148 views08:05
Ochish/sharhlash
2021-01-05 10:30:25 Республика бўйлаб газ қуйиш шахобчалари эндиликда соат 15:00 да ёпилади

Газ етишмовчилиги туфайли, Ўзбекистондаги барча автомобилларга газ қуйиш шахобчаларининг иш вақти қисқартирилди.

Энди газ қуйиш шахобчалари фақат 5:00 дан 15:00 га қадар фаолият кўрсатади. Қолган вақтларда автомобиллар учун газ сотиш тақиқланди.
274 views07:30
Ochish/sharhlash
2021-01-05 07:11:00 'Covidning yangi turi O'zbekistonga kirib kelibti, odamlar ko'p joyga borsak hayotimiz xavf ostida qolishi mumkin' deb yozar edi bozorning qoq markazidan turgan Nargiza.

P.S. Mantiqni qara Karl.

P.P.S. Yangi shtam haqida hali rasmiy xabar yo'q. Shunchaki yozdim.

Shaxsiy kanalimga qo'shiling:
@Mahammadjanov
144 views04:11
Ochish/sharhlash
2021-01-03 17:01:23 Onlayn o'qib, sessiyani offlayn topshirish bu adolatsizlik bo'ldi, onlaynda darslarni yaxshi o'qimadik deydigan talabalar !!! Tan olaylik oflaynda ham baribir darslarni o'zlashtirmas edik.

P.S. Sabab natijani oqlamaydi.

Shaxsiy kanalimga qo'shiling:
@Mahammadjanov
245 views14:01
Ochish/sharhlash
2021-01-03 11:55:33
Shu va shu kabi kanallarga hayron qolaman. Agar nimanidir tanqid qilsayu, ushbu muammo hal qilinmasa, 'biz oddiy xalqmiz, bizni kim ham eshitar edi' deyishadi.

O'zlaricha nimadir muammoni paydo qilib, shunday bo'lar ekan deb, asossiz xabarlar tarqatib, keyin vazirlik yoki idoralar tomonidan 'biz buni rejalashtirmayapmiz' degan gapni eshitganlaridan keyin 'mana bizning postlarimiz foyda berdi' deb ko'krak kerishadi.

P.S. Hurmatli "jurnalist" va "blogger"lar iltimos tanqid va negativni farqiga boraylik.

Shaxsiy kanalimga qo'shiling:
@Mahammadjanov
206 views08:55
Ochish/sharhlash
2021-01-03 11:48:33 Ish haqlari yana oshadi, bu esa talabalarning kontrakt to‘lovi bo‘yicha savollarni tug‘dirmoqda


O‘zbekistondagi talabalar ish haqi, nafaqa va stipendiya miqdori oshirilishi haqidagi yangilikni hadik bilan kutib olishadi. Sababi, ularning aksariyati to‘laydigan kontrakt miqdori ham oshadi.

Prezident qaroriga muvofiq, 2021 yil 1 fevraldan budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, nafaqa va stipendiya miqdori 10 foizga oshirilishi belgilangan.

• mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori - 747,3 ming so‘m miqdorida (hozir 679,3 ming so‘m);

• bazaviy hisoblash miqdori - 245 ming so‘m miqdorida (hozir 223 ming so‘m) belgilangan.

Tabiiyki, qonunchilikka muvofiq jarimalar va talabalarning kontrakti ham 1 fevraldan 10 foizga oshishi kerak. Sababi aniq – kontraktlar mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga bog‘lab qo‘yilgan. Demak, endigina dastlabki yarim yillik kontraktni to‘lab qutulgan talabalar va ota-onalar aynan ikkinchi yarim yillikda, ya'ni mart oyida yangi oshirilgan to‘lovning harakatini qilishlari zarur bo‘ladi.

Bu mavzu ko‘tarilganda qator savollar tug‘iladi.

Masalan, o‘tgan yil 8 avgust kuni Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri Inomjon Majidov kontrakt to‘lovi o‘zgarishi masalasida so‘zlarkan, 2020-2021 o‘quv yilida kontrakt to‘lovi miqdori seeo‘zgarishsiz qolishi haqida aytgandi.

Vazirning bu so‘zlari yuqoridagi qaror bo‘yicha yangi narxlarga tatbiq etiladimi, yo‘qmi?

Yana ma'lumki qator oliy ta'lim muassasalari, masalan, Toshkent davlat yuridik universitetiga moliyaviy mustaqillik belgilangan va bu OTM kontrakt miqdorini o‘zi belgilaydi. Ish haqlari va stipendiyalar oshishi natijasida moliyaviy mustaqil OTMlar kontrakti qanday o‘zgaradi?

Shuningdek, ayrim ota-onalar kontraktni to‘liq yillik to‘lab qo‘yishgan, endi ular qo‘shimcha mablag‘ to‘lashlari zarur bo‘ladimi?

Ayni paytda dam olish kunlari bo‘lgani uchun vazirlik va idoralar bu borada rasmiy izoh bermadi. Ammo ish kunlari boshlanishi bilan bu mavzu alohida matbuot anjumani uyushtirishga arziydi.

Kun.uz’ning vazirliklardan biridagi manbasi ma'lum qilishicha, ayni paytda kontraktlar oshirilishi rejalashtirilmayapti.

Ta'kidlash joiz, so‘nggi yillarda kontrakt to‘lovlari bo‘yicha qator islohotlar o‘tkazildi. Xususan, tarixda kuzatilmagan voqea yuz berib, kontrakt miqdori tushirildi. Shu bilan birga, to‘lovni oyma-oy bo‘lib to‘lash imkoniyati ham berilgani e'lon qilindi.

Eslatib o‘tamiz, prezident farmoni bilan 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab respublika oliy ta'lim muassasalari talabalariga o‘quv yili davomida o‘qish uchun to‘lovlarni teng ulushlarda kamida to‘rt marotaba amalga oshirish imkoniyati taqdim etilishi belgilangan.

(c) Kun.uz

Shaxsiy kanalimga qo'shiling:
@Mahammadjanov
2.6K viewsedited  08:48
Ochish/sharhlash
2021-01-03 10:09:17 Bir narsaga hayron qolaman. Mendan rasmiy xabar kutishadi. Rasmiy xabar deb yozaman. Keyin menga bu rasmiymi deb savol berishadi.

Odamlar shu darajaga keldiki, rasmiy xabarlarga ham ishonmay qo'yishdi.

P.S. No comment.

Shaxsiy kanalimga qo'shiling:
@Mahammadjanov
160 views07:09
Ochish/sharhlash
2021-01-02 16:49:24 U shunchalar savodsizki, har SMS yozganda kamida bitta xato qiladi.

Shaxsiy kanalimga qo'shiling:
@Mahammadjanov
194 views13:49
Ochish/sharhlash