Get Mystery Box with random crypto!

#Bilasizmi Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadl | “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti

#Bilasizmi

Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasidan xotin-qizlarga tadbirkorlik uchun 3 yilgacha, shundan 6 oygacha imtiyozli davr bilan BHMning 150 baravarigacha kredit ajratiladi.

Kreditlar tuman mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari tavsiyasiga ko‘ra, quyidagi kurslarni:

Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hamda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi dasturlari asosidagi o‘quv kurslarini;

“Ishga marhamat” monomarkazlari, kasb-hunarga o‘qitish markazlari, mahallalardagi kasb-hunarga o‘qitish maskanlari hamda Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari yoki nodavlat taʼlim muassasalarining kasbga o‘rgatish o‘quv kurslarining maxsus o‘qitish dasturlarini tugatgan xotin-qizlarga ajratiladi.

Bizga obuna bo'ling:
Telgram | Instagram | Facebook | WEB-сайтимиз | Baxtiyor oila