Get Mystery Box with random crypto!

Magnat Uz

Telegram kanalining logotibi magnat_uz — Magnat Uz M
Telegram kanalining logotibi magnat_uz — Magnat Uz
Kanal manzili: @magnat_uz
Toifalar: Savdo
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 950
Kanalning ta’rifi

Ishoning siz umuman boshqacha kanaldasiz.

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-06-24 17:44:34
"Меҳрибон" эр буюк бир насибадир. Бу ҳақиқатни кўп аёллар билишмайди.
Суратдаги эр хотинининг бошидаги жомадонни ўзи кўтариши мумкин эди. Аммо қуёшнинг иссиғи хотинини куйдиришидан қўрқди.
Баъзи "фидокорлик"ни пул билан ўлчаб бўлмайди!

@Odamiy_Uz
513 views14:44
Ochish/sharhlash
2022-06-24 17:43:14 Kitob o'qing

Kuniga 1 soat kitob o'qish - kuningizning atiga 4%ni tashkil etadi.

Lekin aynan shu 4% sizni o'z sohangizning yetuk mutahassisiga aylantiradi.

Kitob o'qishga doimo vaqt ajrating!

Obuna bòling @Odamiy_Uz
417 views14:43
Ochish/sharhlash
2022-06-24 14:30:04 YUZINGIZNI YAXSHILAB TANIB OLMOQCHIMAN

Teleboshlovchi bir millioner mehmonidan soʻrayapti :

- Hayotingizda sizni eng koʻp nima baxtiyor qilgan?

- Baxtiyorlikning toʻrt bosqichidan oʻtdim va nihoyat chin baxt nimaligini angladim.

1. Narsa toʻpladim. Koʻpaytirdim. Toʻymadim.
2. Qimmatbaho narsalarni sotib oldim. Yanada qimmatini, yanada qimmatini. Lekin uning ham mazasi vaqtincha boʻldi, xolos.
3. Katta-katta loyihalarni sotib oldim. Futbol komandasimi-yey, sayohatchilar uchun oromgohlarmi-yey. Lekin baribir oʻzim koʻzlagan va kutgan baxtga erisholmadim.
4. Bir doʻstim nogiron bolalar uchun oʻziyurar aravachalar sotib olishga ulush qoʻshishimni soʻradi. Men darhol rozi boʻldim.

Oʻsha doʻstim, sovgʻani bolalarga oʻzing borib, oʻz qoʻling bilan topshirasan, deb oyoq tirab turib oldi. Nochor bordim. Bolalarning xursand boʻlib, aravachalarda u yoqdan bu yoqqa uchib yurganlarini koʻrdim. Ular xuddi bir oʻyingohlarda yurgandek quvnashardi.

Bolalarning quvnaganini koʻrib, oʻzim ham yayrab ketdim.

Shundan keyingi holat esa bu baxtiyorlikni qalbimning ich-ichigacha olib kirdi.

Ketmoqchi boʻlib turganimda bolalardan biri oyogʻimga mahkam osilib oldi. Oyogʻimni beozorgina olmoqchi boʻlsam, u yanada qattiqroq yopishardi. Oʻtkir nigohi yuzimga qadalgan edi. Hayron boʻlib soʻradim:

- Toychogʻim, senga yana biron narsa kerakmi?

Bu begʻubor, begunoh, yuzida chin maʼnodagi baxtiyorlik nishonalari aks etib turgan xilqatning sururbaxsh, umidbaxsh javobiga quloq soling-a:

- Otajon, jannatda sizni uchratganimda Parvardigorimning qoshida sizga minnatdorchilik bildirishim uchun yuzingizni yaxshilab eslab qolmoqchiman.

Dod deb yubordim. Koʻp yigʻladim. Bir tarafdan uning xursandligidan, ikkinchi tarafdan esa oʻzimning baxtiyorligimdan hushimni yoʻqotib, yerga qulay dedim...

Yo Alloh! Men qanday hayot kechirdim? Nimalar qildim? Oʻyin-kulgu, kayfu safo, isrofgarchiliklar... Hamma-hammasi sariq chaqaga arzimaydi. Oʻzim ham baxtli boʻlolmadim, birovni ham baxtli qilolmadim.

Qissadan hissa, yaʼni, olinadigan saboqlar va ibratlar:

1. Aziz aka-ukam, opa-singlim, baxtli boʻlish juda oson. Baxt bu qisqa qilib aytganda, oʻzgalar qalbiga xursandlik olib kirishdir. Shodlik ulashishning katta-kichigi boʻlmaydi. Uning uchun falon pul sarflash shart emas. Birgina samimiy tabassum ham yetarli boʻlaveradi. Uning moddiy boʻlganidan koʻra, ruhiy-maʼnaviy va axloqiy boʻlgani afzalroq.

Paygʻambar alayhissalom dedilar: "Ulugʻ va Buyuk Alloh uchun amallarning eng yoqimlisi bir musulmon (qalbi)ga shodlik olib kirish, musibatini aritish, och boʻlsa, qornini toʻydirish yoki qarzini toʻlab qoʻyishdir".

2. Shunday odam boʻlingki, birovlar siz bilan Allohning oldiga borganda qilgan yaxshiligingiz, marhamatingiz va ehsoningizga yarasha yaxshilik qaytarish uchun koʻrishmoqchi boʻlsinlar.

Birovlar qiyomat kunida zulmingiz, ozoringiz va yomonligingiz tufayli xusumatlashish va qasos olish uchun siz bilan koʻrishmoqchi boʻlishlaridan juda-juda ehtiyot boʻling. Hargiz bunday odamlar safidan joy ola koʻrmang.

Arabchadan Muqim Mahmud tarjimasi 2019-06-07

@Odamiy_Uz
1.1K views11:30
Ochish/sharhlash
2022-06-24 10:26:38
ЭСЛАТМА

Илтимос, масжидга борганда қўл телефонингиз овозини ўчириб қўйинг

Obuna bòling @Odamiy_Uz
364 viewsedited  07:26
Ochish/sharhlash
2022-06-24 09:48:55 Муҳаммад Ғаззолийнинг олдига бир киши келиб: «Намозни тарк қилган одамнинг ҳукми нима?» деб сўради. У киши: «Унинг ҳукми ёнингизга олиб масжидга бошлаб бориш», деб жавоб бердилар.

@Odamiy_Uz
472 viewsedited  06:48
Ochish/sharhlash
2022-06-23 22:12:59
#Juma Muborak!

Jumaning xayri va barokati sizga bo'lsin!

Obuna bòling @Odamiy_Uz
505 views19:12
Ochish/sharhlash
2022-06-23 16:22:37
#МАДИНАМ

• "Мадина анча иссиқ... чунки унда қуёш иккита..."

Mubashshir Ahmad

@Odamiy_Uz
401 views13:22
Ochish/sharhlash
2022-06-23 16:19:12
Сиз Аллоҳнинг ҳузурида ким бўлсангиз, ўшасиз.

#Ayman Yogiy

@Odamiy_Uz
381 viewsedited  13:19
Ochish/sharhlash
2022-06-23 10:22:45
Bu joyda kim bilan o'tirishni xohlaysiz?

@Odamiy_uz
419 views07:22
Ochish/sharhlash