Get Mystery Box with random crypto!

​​Olovdagi gul Xolam: 'Maryam, sen o'z hayotingni gapiryapsan | Maf.adi's world

​​Olovdagi gul

Xolam: "Maryam, sen o'z hayotingni gapiryapsan asli. Bu masjidda nechta o'g'il bola borligini bilasanmi?", deya so'radi.
Bilmasdim. 
Javobsiz qolgan savoliga o'zi javob berdi:
— To'rt yuzta. O'n yildan beri shu yerdasan, birortasining ismini bilasanmi?
— Yo'q.
— Birortasi bilan gaplashdingmi?
— Yo'q.
— Birortasini ko'rdingmi?
— Yo'q.
— Bu yerda erkaklar borligini xayolingdan o'tkazdingmi?
— Yo'q, xolajon, Alloh Quddusdir. Ham "Yo Quddus!" deb, ham qalbimizni, ham xayolimizni kirlatsak, soxtakor bo'lmaymizmi?
Xolam yuzimga kulib qaradi.
Robbimga iffatsizlik qilolmayman. Qalbimga, ko'nglimga, xayolimga tushadigan narsa Robbimga nisbatan iffatsizlik bo'ladi. 
Qalbimni Asmoul husna saroyi bo'lishini istayman. U yerda Robbim borligini shunday his qilamanki, o'sha lahzadagi hayo meni sajdaga yetkazadi.

"Qalb iffati" kitobidan.

Telegram | Instagram | YouTube | TikTok