Get Mystery Box with random crypto!

Mabrur - IT Blog

Telegram kanalining logotibi mabrur_dev — Mabrur - IT Blog M
Telegram kanalining logotibi mabrur_dev — Mabrur - IT Blog
Kanal manzili: @mabrur_dev
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.92K
Kanalning ta’rifi

💻 Dasturlashga va muallifning hayotiga oid shaxsiy blog
Ijtimoiy tarmoqlarim:
https://taplink.cc/mabrur
@tweetlarim

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-28 19:02:55 ​​Yoshligimdan ITga bo‘lgan qiziqish bo‘lgan. Shu qiziqish ortidan diniy taʼlim dargohida o‘qisakda, arab tili grammatikasini o‘rgatishga ko‘mak beruvchi Tahlil nomli android ilova tayyorladik. Mubashshir Ahmad Ustoz bundan xabar topib, bizni oldilariga chaqirdilar. Nima yordam kerakligi haqida so‘radilar, bu kabi zamonaviy ilmlarni yoyish kerakli, bu ishni ayni biz qilishimiz kerakligi haqida gaplashdik.

Shundan so‘ng Azon.uz ochildi, domla u yerga meni ham taklif qildilar. Men Mubashshir domladan millatini, Vatanini, dinini yaxshi ko‘rishni o‘rgandim. O‘zlari ham shundaylar va bizni ham shunga targ‘ib etardilar. Mendan baʼzida xayriya ishlar haqida, bugungi erishilgan natijalar haqida so‘rashsa albatta bu o‘rinda Mubashshir Ahmad domlani birinchilardan bo‘lib eslab o‘taman.

Maʼlumot o‘rnida aytib o‘taman, “Najot Taʼlim” shu kungacha 4 mlrd so‘mdan ziyod hech qanday shartlarsiz xayriya taʼlimini amalga oshirdi. Bugungi kunda 3000 dan ziyod yoshlar “Najot Taʼlim” sababli dasturlash, dizayn, SMM kabi yo‘nalishlarda o‘z ish o‘rniga ega bo‘lishdi.

O‘z ishini qanday yaxshi ko‘rishni, maqsad sari katta qadamlar tashlashni, millatini, vatanini dinini yaxshi ko‘rishni aynan Mubashshir Ahmad ustozdan o‘rgandim.

Bugun domlaning gaplarini atayin bilib turib teskari tomonga burishyapti. Har bir gapidan xato topishga urinishyapti. Musulmon do‘stlarim, aka-uka, opa-singillarimga eslatib o‘tishni istar edim, provakatsiyaga uchmang! Do‘st va dushmanni yaxshilab tanib oling!

Mubashshir Ahmad qanday odam deyilsa, ikkalanmasdan aytishim mumkinki, agar oldilaridan o‘tib shu postni yozmoqchiman, deganimda shaxsiyatimni himoya qilmang, chalg‘imang bu narsalarga, ishingizni qiling, degan bo‘lardilar!

Men bu postim orqali xusumatchi va tuhmatchilarning fikri o‘zgarishi haqida o‘ylaganim yo‘q. Lekin o‘qiyotgan odamlarni ogohlikka chaqirib qo‘ymoqchiman xolos. Alloh taolo to‘g‘ri yo‘ldan adashtirmasin!
1.5K views16:02
Ochish/sharhlash
2022-08-28 07:01:59 Begginnerlarning muammosi.
Mavzu juda katta bo'lgani uchun faqatgina bir qismini yozishga ulgurdim )).

https://dev.to/akhmadiy/bularni-boshlangich-dastruchi-bilishi-shart-yoxud-beginnerning-muammosi-1-qism-mk4
1.5K views04:01
Ochish/sharhlash
2022-08-25 12:24:02
Yangicha mem to'plami

Agarda yoqsa shunday memlarni har oy yasab chiqaramiz)

IT Memes
2.4K views09:24
Ochish/sharhlash
2022-08-24 13:50:36
Bu shunchaki mem. Dasturlash tillari qancha mashhur va keng qo'llaniladigan bo'lsa, dasturchilar shuncha heyt qilishda davom etaverishadi. Agar kimdir sizga Java bosh og'rig'i, PHP o'ldiku, JS 10 kunda yozilgan musor desa rasmdagi bratni gaplarini ko'rsating.

@mabrur_dev
2.4K views10:50
Ochish/sharhlash
2022-08-24 13:39:27
#meme
Php bilan ishingiz doim tezda bitadi
@mabrur_dev
2.1K views10:39
Ochish/sharhlash
2022-08-23 08:46:25 Telegram botlar qanday ishlashini tushunish uchun polling, webhook nima,
ular nega kerak kabi savollarga javob topsak.

User telegramda botga biror buyruq yuborganda, unga javob qaytishi uchun bu buyruq biz yozgan kodimiz turgan servergacha yetib kelishi kerak va server unga javob qaytarishi kerak. User yuborgan buyruqlar telegramning serveriga borib tushadi. Endi o'sha serverga kelgan buyruqlarni bizning serverimizga yetkazish kerak. Lekin telegram aynan o'sha bot uchun yozilgan bizning kodimiz qayerda turganini qanday biladi?

Telegram botlar uchun HTTP protocolidan foydalanadi. Muammo shundaki, HTTP bir tomonlama ishlaydi(push/promisedan tashqari). Ya'ni faqat bir tomon(client) request yuboradi, ikkinchi taraf(server) uni qabul qilib, response qaytaradi.
Bu degani, server xohlagan paytida clientga response yubora olmaydi. Faqatgina client request yuborgandan keyingina response yuborish mumkin.

Bizning server bilan telegram server orasida ma'lumot almashishning ikki yo'li bor:
1. Bizning server HTTP client, telegram serveri esa HTTP server vazifasini bajaradi.
2. Telegram serveri HTTP client, bizning server esa HTTP server vazifasini bajaradi.


1. Deylik, user telegram botga biror buyruq yubordi. Telegram serveri bu buyruqni to'g'ridan to'g'ri bizning serverga yubora olmaydi. Sababi, yuqorida kelishganimizdek, faqat client birinchi bo'lib ma'lumot yubora oladi. Telegram server esa hozir HTTP server rolini o'ynayapti. Plus, telegram biz qaysi bot haqida so'rayotganimizni ham bilmaydi. Demak, avval client so'rov yuborishi kerak.
Lekin client qachon so'rov yuborish kerakligini(telegramga yangi buyruq kelganini) qanday biladi?
Javob — hech qanday. Shunchaki ma'lum vaqt oraligi bilan telegram serveriga to'xtovsiz request yuborib turadi. Botga yangi buyruq kelsa, telegram keyingi safar bizning serverdan request kelganda uni response qilib yuboradi. Bu taxminan mana bunday bo'ladi:

Client: Falonchi bot uchun yangi buyruq bormi?
Telegram: Yo'q
*ozgina vaqt o'tgach*
C: Bormi?
T: Yo'q
C: Bormi?
T: Ha, mana, ol. *Buyruqni yuboradi*
C: *Buyruqqa javob qaytarib, request shaklida yuboradi*
T: Oldim.
C: Bormi?
T: Yo'q
...

Mana shu usul, ya'ni bizning server ma'lum vaqt oralig'i bilan to'xtovsiz telegramdan so'rab turishi polling deyiladi.


2. Endi bizning server HTTP server vazifasini bajarib, Telegram serveri HTTP client rolini o'ynab beradi. Endi telegram client sifatida buyruqlarni to'g'ridan-to'g'ri bizga yubora oladi. Lekin buning uchun ikkita shart bajarilishi kerak:
1. Telegram bizning serverning manzilini bilishi.
2. Bizning server web server sifatida ishlashi, ya'ni requestlarni qabul qilishi kerak.

Buning uchun boshda Pashka akaning serverlariga "Falonchi botga kelgan buyruqlarning hammasini falonchi adressdagi serverga request qilib yubor" degan ma'noda xabar berib qo'yamiz. O'zimizning serverimizni esa web serverga aylantiramiz.

Endi faqat yangi buyruq kelgandagina telegram bizning serverimizga request yuboradi:

Telegram: Uka, botingga yangi buyruq keldi. Ma, ol.
Bizning server: *qayta ishlab, natijani yuboradi*.
*keyingi safar buyruq kelganda*
Telegram: Yangi buyruq. Ma, ol.
...

Mana bu usul, yani telegram bizning serverga request yuborishi esa webhook deyiladi.
2.0K views05:46
Ochish/sharhlash
2022-08-22 21:15:20
Жиза
@mabrur_dev
2.0K views18:15
Ochish/sharhlash