Get Mystery Box with random crypto!

YouTube kontentimni asosiy maqsadi dasturlashni endi boshlab t | Mabrur - IT Blog

YouTube kontentimni asosiy maqsadi dasturlashni endi boshlab turganlarga ishga kirishini osonlashtirish uchun turli intervyular o'tkazish va ular qay tarzda o'tishini ko'rsatish edi. Endi keyingi bosqichga o'tish vaqti keldi...

Ko'p yosh dasturchilar ishga topshirish uchun to'g'ri rezyume tayyorlay olmaydi, yoki o'rganish vaqtida qilgan ishlarini yoritib berolmaydi. Shu kamchilikni qisman yopish uchun turli web-saytlarning clonenini yaratib (node.js faqat backend), youtubeda stream qilib bermoqchiman. Loyihalar "qo'l uchida" qilingan bo'lib qo'lmaydi, portfolioni bezab bera oladigan haqiqiy real loyiha qilishni rejalashtirmoqchiman va tabiiyki u yerda odatdagidan ko'proq texnologiyalar ishlatiladi. Videolarni ko'rib loyihani tayyorlamoqchi bo'lsangiz birorta node.js kursini tugatgan bo'lishingiz tavsiya qilinadi, chunki u yerda 0 dan o'rgatilmaydi.

Birinchi reja OLX saytini backendini yozib ko'rsatish. Albatta 1 ga 1 nusxasi bo'lmaydi, ammo APIni ishlashi shu saytnikiga yaqin bo'ladi. Loyihada ishlatishni reja qilgan texnologiyalarim: "Node.js (Express), Postgres (Sequelize), Elastic Search, Nodemailer, JWT, Swagger". Holatga qarab nimadir qo'shilishi mumkin.

Birinchi streamni 10-sentabr o'tkazishni reja qilyabman, yozib olingan jonli efir youtubeda saqlanib qoladi.

Intervyular ham to'xtab qolmaydi, bu yangi kontent.

Qo'llab quvvatlash uchun youtube kanalimga obuna bo'lib qo'ying va postga bosishni unutmang )

https://www.youtube.com/c/MabrurDev

@mabrur_dev