Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligiZahiriddin Muhammad Bobur oʻrta asr
Sharq madaniyati,
adabiyoti va
sheʼriyatida oʻziga xos oʻrin egallagan
adib,
shoir,
olim boʻlish bilan birga yirik
davlat arbobi va
sarkarda hamdir.
Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan
Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan boʻlsa, serjilo oʻzbek tilida yozilgan
“Boburnoma” asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy oldi. Uning nafis gʻazal va ruboiylari turkiy sheʼriyatining eng nodir durdonalari boʻlib,
“Mubayyin” (“Bayon etilgan”),
“Xatti Boburiy”,
“Harb ishi”, Aruz haqidagi risolalasi esa islom qonunshunosligi, sheʼriyat va til nazariyasi sohalariga munosib hissa boʻlib qoʻshildi.
Do'stlaringizga ulashing@YQQUZB_KANAL