Get Mystery Box with random crypto!

LTE Only | Uz

Telegram kanalining logotibi lteonly_uz — LTE Only | Uz L
Telegram kanalining logotibi lteonly_uz — LTE Only | Uz
Kanal manzili: @lteonly_uz
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar

2022-07-11 09:07:28 Beeline Music ilovasidan 1Gb olish.

Beeline Music ilovasi orqali mb sarflamasdan musiqa tinglash mumkin. Albatta kunlik yoki oylik obuna boʻlishingiz talab etiladi.

Hisobingizda eng kami 600 soʻm boʻlishi shart.
1. BeeMusic ilovasiga kiramiz, roʻyxatdan oʻtib yuqoridagi oʻzgaruvchi bannerdan va 4G Bonus degan joyini topamiz.
2. Kirib 4G Bonus yozuvini bosamiz ha sizga obuna taklifi chiqadi. Keyin esa kunlik obuna boʻlimini tanlaymiz va bizdan 599 soʻm yechib oladi. *Diqqat oylik obunani bosib yubormang.
3. Keyin esa yana 4G Bonus yozuvini bosib olishimiz mumkin.
4. Obunani oʻchirishni unutmang, har kuni 599 soʻm yechib olaveradi. Buning uchun Sozlamalar - Obunalarni boshqarish - Kunlik obunani oʻchiramiz.

Diqqat! Aksiyani oyiga bir marta faollashtirish mumkin va faqat 4G uchun ishlaydi. "Hammasi zoʻr" va yangi "Status" turkumlari uchun aksiya mavjud emas. Chunki shu tariflarda Beeline Tv Va Beeline Music uchun doimiy obuna mavjud.

@LTEonly_uz Odamlar uchun yaratilgan!
3 views06:07
Ochish/sharhlash
2022-07-08 15:08:42 Rossiyaning birinchi uyali aloqa operatori 3G tarmoqlari o'chirilganligini e'lon qildi

Beeline sentabr oyida Moskva va Moskva viloyatida uchinchi avlod tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatadi. Keyin esa mamlakatning boshqa hududlarida ham yopilishlar kuzatiladi.

P.S. Gapirishga til ojiz.

@LTEonly_uz
19 views12:08
Ochish/sharhlash
2022-07-04 12:46:14 #Beeline #Beepul #4Gbonus

Beeline'ning asosiy yutuqlaridan biri albatta 4G bonuslardir. Hozirgi vaqtda 3gb'gacha bonus olish mumkin. Avvalo Beepul ilovasi orqali olishni oʻrganamiz.

Beepul ilovasidan roʻyxatdan oʻtib, nomerga tegishli boʻlgan plastik kartani ulaymiz. Plastik karta orqali istalgan toʻlovni amalga oshiramiz. Masalan 1000soʻm paynet qilish yoki kommunal toʻlovlar.

Toʻlovni amalga oshirib boʻlgandan soʻng, asosiy menyudagi yuqori oʻng tomondagi qoʻngʻiroqchani bosib kiramiz. U joydan esa "4G Bonus" yozuvli xabarni toping. Kirib pastdagi sariq 4G bonus tugmachani bosasiz va hammasi tayyor.

Eʼtibor bering aksiya doirasida faqat 4G (LTE Only) tarmogʻida ishlaydi va bu askiyani 30 kunda bir marta faollashtirish mumkin.

P.S. Keyingi postlarda Beelin TV va Beeline Music ilovasidan 1gb olish haqida boʻladi.

@LTEonly_uz | Odamlar uchun yaratilgan.
21 viewsedited  09:46
Ochish/sharhlash
2022-07-03 19:56:59 ​#Beeline #Qadamgig

Beeline mijozi boʻlishimni asosiy sabablaridan biri "Qadamlar uchun giglar" aksiyasi edi. Bu aksiyada 10 000 qadam yurib, 100mb olish mumkin edi. Lekin yurmasdan Google Fit ilovasi orqali soxta qadam kiritib olish imkoni bor edi.

Ammo Beeline odamlarga shunchaki 100mb bergisi kelmadi va soxta qadam kiritilganlarni hisoblamay qoʻydi. Shu sababli soxta qadam kiritilsa "Kiritilgan qadamlar"ni oʻchirishni soʻramoqda. Afsuski, qadamlarni oʻchirishni iloji yoʻq. Endi umuman soxta qadam kiritmang.

Diqqat! Play marketda Google Fit sharxiga kirib soʻkmanglar, guglda ayb yoʻq, hamma ayb Beelineda.

Aksiya sharti boʻyicha endi faqat rostakamiga yurib 100mb olish mumkin. Yaʼni endi rostdan yurishingizga toʻgʻri keladi.

@LTEonly_uz | Odamlar uchun yaratilgan.
60 viewsedited  16:56
Ochish/sharhlash
2022-07-02 18:13:34 Men bu kanalni ochishimdan maqsad mahalliy uyali aloqa kompaniyalari haqida toʻliqroq maʼlumot berish va turli xil aksiya, tarif, chegirmalar haqida odamlarga yetkazish hisoblanadi.

1. Avvalo aytmoqchiman oʻzim faqat Beeline va Humans sim kartasini ishlataman. Koʻp tanishlarim esa Uzmobile ishlatadi. Ucell va Mobiuz esa bizning hududda ishlamagani uchun umuman ishlatmaganman. Shu tufayli hozircha Beeline va Humans haqida maʼlumot berib boriladi. Keyinchalik bu roʻyxat toʻliq boʻladi.

2. Men turli xil "hasker" yoʻllar boʻlgan injector va hokazo haqida maʼlumot bermayman. Chunki bu usullar toʻgʻri emas.

3. Yangiliklardan tez xabardor qilishga harakat qilaman. Muhimi sizga foydali yangiliklar boʻladi.

@LTEonly_uz Odamlar uchun yaratilgan!
22 viewsedited  15:13
Ochish/sharhlash
2022-07-02 14:32:28 Bismillahir rohmanir rohiym.
19 views11:32
Ochish/sharhlash