Get Mystery Box with random crypto!

Qadrli kelajakdagi men, Qiyinchiliklarga bardosh berib, o'zin | 🔗

Qadrli kelajakdagi men,

Qiyinchiliklarga bardosh berib, o'zing istaganingdek boringcha qabul qilinadigan, o'zingni erkin his qiladigan hayotni yaratib olding deb umid qilaman.

Umid qilamanki, qalbingni o'rtab kelgan og'riqlardan halos bo'lgansan, o'tmishing va xotiralaring seni vanihoyat tinch qo'yishgan, buguning bilan yashashni, hayotingdan mazmun, quvonch topishni o'rgangansan.

Umid qilamanki, o'zinga ishonching ortgan, ruhan ulg'aygansan, o'z qadringni anglab yetgansan, qalbing vanihoyat taskin topgan.

Bir narsani bilishingni juda xohlardim. Men sen uchun harakat qilyabman, kurashyabman. Kuchli bo'lishga intilyabman. To'g'ri, ba'zan qo'limdan kelmayapti. Lekin, hechqisi yo'q. Biz baribir insonmiz. Ikki qadam oldinga, bir qadam ortga tashlab bo'lsa ham harakatlanyabman. Umid qilamanki, bularning hammasi payti kelib o'z mevasini beradi.

Cheksiz umid bn

O'tmishdagi sen.