Get Mystery Box with random crypto!

'Ilm olish sirlari' ni aytaymi ? ( Post uzun ekan deb oxirig | 𝐋𝐨𝐜𝐡𝐢𝐧 𝐈𝐬𝐦𝐨𝐢𝐥𝐨𝐯 | 𝐒𝐡𝐚𝐱𝐬𝐢𝐲 𝐛𝐥𝐨𝐠

"Ilm olish sirlari" ni aytaymi ?

( Post uzun ekan deb oxirigacha o'qimasang katta xato qilasan)

Ilm insonga nima foyda-yu nima zarar ekanligini bildiradi.

Ko'p o'rganib amal qilmagandan, oz o'rganib amal qilgan yaxshi.

Ustozingni, ota-onangni hurmat qilib ulug'la. Zero ilm shu kishilar roziligi ila yuqadi.

Yozuvingni chiroyli, ko'rkam va husni xat bilan yoz ( o'zing ham maza qilasan ). Chunki kelajakda o'zing ham, boshqalar ham o'qib foyda olsin.

Jiddiylik va qat'iyatli bo'lish. Bu ikkisi har qanday jiddiy, qiyin, mushkul ishni amalga oshiradi. Yopiq eshiklarni ochib, unga yaqinlashtiradi.

Biror foyda o'rgansang uni takror qil. Yodlab ol, yozib qo'y! Qayd qilib qo'ysang o'rganganinga qayta olasan va yo'qotishdan saqlanasan.

Bilganingni qayta eshitayotganingda ham birinchi marta o'rganayotganday tinglamasang ilm ahlidan bo'laolmaysan.

Ilmni olib bermaslik xasislikdir. So'ragan vaqtda bilganingni o'rgatmasang, uni o'zing ham unutasan

Bilsang agar bir soat fikr almashib, muzokara qilish bir oy takror qilishdan yaxshiroq.

Har doim pok yur. Dars joying, kiyiming har doim toza bo'lsin.

Bir ajoyib gap bor:
Kim ilmga xizmat qilsa, ilm unga barchani xizmatchi qilib qo'yadi.

Ozgina narsa o'rganvolib kekkayib ketma. Hurmatingni ham unutma!
Insonlarga qiladigan munosabatingda xushyor bo'l.

Ularning hayotiga o'zingcha aralashma!

Tunlaringni ilm bilan o'tkaz. Shoshqaloqlik qilib chala ish qilma. Ehtiyot bo'l.

Erta tur ! (quyoshdan oldin turmasang hisobmas).
Erta tongda baraka bo'ladi.
Tongda qilgan ishlaringni kuni bilan yursang ham qilolmaysa
n.


P.S: Kommentariyaga bitta zo'r narsa yozib qo'ydim

@Lochin_Ismoilov