Get Mystery Box with random crypto!

'Liverpul' - 'Byornli'. Prevyu Jamoalarga oid yangiliklar * | LIVERPOOL🔴[RASMIY KANALI]

"Liverpul" - "Byornli". Prevyu

Jamoalarga oid yangiliklar

* 27-dekabr kuni jarohat olgan Joel Matip jarohatidan to'liq forig' bo'ldi va bugungi o'yinni asosiy tarkibda boshlashi kutilmoqda. Jarohatdagi futbolchilarning tiklanish jarayoni risoladagidek ketmoqda.

* 29-dekabr kuni "Sheffild" bilan o'yinda tizzasidan jarohat olgan Charli Teylor ham jarohatini tuzatgan bo'lsa, Jimmi Dannda yengil jarohat bor. Beyli Pikok-Farrell esa koronavirusga chalingan.

O'yinga oid faktlar

* 2016-yil o'z maydonida "Liverpul"ni 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgan "Byornli"ning o'sha g'alabasi klubning Premer-Ligada "qizillar" ustidan qozonilgan 12 o'yindagi yagona muvaffaqiyati hisoblanadi.

* Ular "Enfild"da barcha musobaqalarni qo'shib hisoblaganda o'tkazilgan 26 o'yinning faqat bittasida g'alaba qozonishgan.

* O'tgan mavsum "Liverpul" o'z maydonida o'tkazgan o'yinlar orasida yagona ochko yo'qotgan o'yin aynan "Byornli" bilan baxsga to'g'ri keladi. 2020-yil 11-iyulda kechgan uchrashuvda tomonlar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekishgan.

"Byornli"

* "Byornli" o'tkazgan so'nggi 4 o'yinning barchasida 1:0 hisobi qayd etilgan. Klub shu uchrashuvlarning 3 tasida mag'lubiyatga uchrab, 1 marta g'alaba qozongan.

* Klub juda xunuk ko'rsatkichga ega - ular 17 o'yinda 9 gol kiritishgan. Faqatgina ikki jamoada 18 o'yinda eng kam gol kiritish voqeasi sodir bo'lgan - "Derbi Kaunti"
(2007/2008, 8 gol) va "Everton" (2005/2006, 9 gol).

* 13-dekabr kuni Per-Emerik Obameyangni avtogol evaziga "Arsenal"ni mag'lubiyatga uchratgan "Byornli" o'sha kuni Premer-Ligada hozircha yagona bo'lib turgan g'alabasiga erishgan (mehmondagi statistika: 3 durang, 5 mag'lubiyat). Shuningdek, o'sha avtogol klubning so'nggi 7 mehmonda o'tkazgan o'yinlardagi yagona kiritgan goli hisoblanadi.

* Kris Vud 3 gol kiritgan holda "Byornli"ning ushbu mavsumdagi to'purari bo'lib turibdi.

"Liverpul"

* "Liverpul" ushbu mavsum 18 o'yindan keyin 34 ochko to'pladi. O'tgan mavsum aynan shu nuqtada "qizillar" 55 ochko to'plab, 13 ochkolik farq bilan turnir jadvalida yetakchilik qilishayotgan edi.

* Klub Premer-Liga doirasida 4 o'yindan buyon g'alaba qozona olishmayapdi. Jamoa ushbu baxslarda raqiblari darvozasini 1 marotaba ishg'ol qilishgan.

* "Manchester Yunayted" bilan o'yindagi nursiz durang klubning "Enfild"dagi 42 o'yindan buyon davom etib kelayotgan golli seriyasiga yakun yasadi.

* Shuningdek, "qizillar" Premer-Liga doirasida o'z maydonida 68 o'yin (55 g'alaba, 13 durang)dan buyon mag'lub bo'lmay kelishmoqda.

* Premer-Liga to'purari Muhammad Salah 4 o'yindan buyon gol kirita olmayapdi.

Manba:BBC