Get Mystery Box with random crypto!

Canada life🇨🇦 | R.Isroilov

Telegram kanalining logotibi live_kanada — Canada life🇨🇦 | R.Isroilov C
Telegram kanalining logotibi live_kanada — Canada life🇨🇦 | R.Isroilov
Kanal manzili: @live_kanada
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.20K
Kanalning ta’rifi

Kanadaning Britaniya Kolumbiyasida oilaviy yashaymiz. Kanada hayotini boricha ko'rsatishga harakat qilaman. Tavsiya va maslahatlar ham berib boriladi.

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar

2022-08-30 19:19:53
Robbim Xalidimni omonat qilib berganiga 2 oy bo’ldi. Vaqt tez o’tyapti.

Har oyligida onasi biron mavzu bilan esdalikka fotosessiya qilib qo’ymoqchi. 2 oyligidagi mavzu Ayiq. Ulg’ayganida eslab yuradi.

Hayotimizga yanada mazmun bergan Robbimga hamdu sanolar bo’lsin!
827 viewsRahmatillo Isroilov, 16:19
Ochish/sharhlash
2022-08-17 07:40:01 ​​O’g’lim Xolid Botirov bilan har kuni kitob o’qishni niyat qildik. Shayx hazratlarining “Ruhiy tarbiya” kitobini o’g’lim bilan o’qib tugatmoqchimiz.

Tili chiqqanida birinchi so’zi “dada yoki oyi” deb emas, “Alloh” deyishini O’zidan so’rayapman. Faqat so’rash bilan emas sababini qilishga ham harakat qilyapmiz. Ko’pchiligimiz shu joyida biroz yanglishamiz. So’rash kerak, umidni uzmaslik kerak, lekin eng muhimi sababini qilishdir. Axir sababiyat dunyosida yashapmiz.

Xolid Kanadada tug’ildi. Endi unga Kanada va dunyoning ko’plab eshiklari ochildi, alhamdulillah! Meni o’ylantirayotgan narsa esa bolamning rizqi emas, uning iymoni.

Ulg’ayguncha farzandimga Alloh va uning payg’ambarini, jannat va do’zaxi nima ekanligini anglasa , yomon, harom narsalarga immunitet xosil qila olsam, qolganidan g’am chekmayman.

Ko’pchilikning duosi ijobat. Duolaringizda Xolidni ham duo qilib qo’ying. Kelajakda diniy va dunyoviy bilimlarni egallab, payg’ambarimiz orzu qilgan ummat bo’lib, nafaqat Kanadadagi balki O‘zbekiston va butun dunyodagi mo’min-musulmonlarimizga yordam qila oladigan, yetimlarni boshini silaydigan, beva-bechoralarning og’irini yengil qiladigan inson bo’lib yetishsin!
2.8K viewsRahmatilla, 04:40
Ochish/sharhlash
2022-08-16 03:06:18
Shayx hazratlarining 3 juzdan iborat “Ruhiy tarbiya” jamlanmasi yetib keldi, alhamdulillah!

Ilm olish Islomda farz qilingan. Bugungi kunda najot faqat ilmda. Boshqa hech qanday yo’l yoki vosita bizni saodatga yetaklamaydi!

Qayerda bo’lsangiz ham ilm izlang!
2.8K viewsRahmatillo Isroilov, 00:06
Ochish/sharhlash
2022-08-15 08:13:56
Odam dam olib ham turishi kerak.

O’ylab qarasam butun dunyoni g’ami menda ekan. Shartta hammasini yig’ishtirdimda, bir o’zim bir qayiqni olib, ko’lning o’rtasiga borib, tafakkur qildim va 3 so’zni angladim:

HAYOT DAVOM ETADI…

Manzil: Cultus Lake Provincial Park
2.5K viewsRahmatillo Isroilov, 05:13
Ochish/sharhlash
2022-08-08 09:19:45
Dunyo davlatlarining chegara hududlari

Eng xavfsiz va qo’riqlanmaydigan chegaralar Aqsh va Kanada chegaralari. Hudud kattaligi sababli to’liq nazorat qilish deyarli imkonsiz. Ajoyib…

https://t.me/live_Kanada
3.7K viewsRahmatillo Isroilov, edited  06:19
Ochish/sharhlash
2022-08-08 09:19:45
3.1K viewsRahmatillo Isroilov, 06:19
Ochish/sharhlash