Get Mystery Box with random crypto!

Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi 2-noyabr kuni Toshkentda navbat | 🇺🇿 Legioner 📺 TV

Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi 2-noyabr kuni Toshkentda navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga kirishadi. Osiyo kubogiga tayyorgarlik koʻrayotgan yoshlarimiz yigʻin doirasida 5-8-noyabr kunlari Koreya U-20 terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadilar. Har ikkala bahs Toshkentda boʻlib oʻtadi.

5-noyabr
Oʻzbekiston — Koreya R.

8-noyabr
Oʻzbekiston — Koreya R.

Bosh murabbiy Ravshan Haydarov tomonidan mazkur yigʻinga jalb etilgan futbolchilarning roʻyxati bilan tanishing.

@Tv_Legioner