Get Mystery Box with random crypto!

Learn English

Telegram kanalining logotibi learnenglish_uz — Learn English L
Telegram kanalining logotibi learnenglish_uz — Learn English
Kanal manzili: @learnenglish_uz
Toifalar: Tillar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 5.13K
Kanalning ta’rifi

Biz bilan ingliz tilini boshlang'ich bosqichdan boshlab o'rganing.
Sahifamiz orqali Alloh qodir qilganicha ingliz tiliga oid darslarni berib boramiz.
Darslar: https://t.me/learnenglish_uz/171

📨 @learnenglish_uzbot
Reklama xizmati:️ @reklama_servis

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2021-01-25 15:09:08 ​​​​​​​​​​​​​​​​ ​​​​133-dars.

Regular and irregular verbs. (To’g’ri va noto’g’ri fe’llar.)

Bizga ma’lumki, oddiy o’tgan zamon hamda tugallangan hozirgi zamonda to’g’ri fe’llarga «ed» qo’shiladi.

Noto’g’ri fe’llar birida 2-formatda, yana birida 3-formatda yoziladi.
Past participle ikkiga bo’linadi.
Harakatni bajaruvchisiga ishora bo’lsa present perfect, bajaruvchi noma’lum bo’lsa present passive bo’ladi.
Har ikkisida ham noto’g’ri fe’llar 3-formatda yoziladi.

Noto’gri fe’llar besh xil turga bo’linadi.
1. Uchchala formati ham bir xil:
cost, hit, hurt, let, put, read, shut.

2. Ikkinchi va uchinchi formatlar bir xil:
build – built – built
buy – bought – bought
find – found – found
get – got – got
have – had – had


3. Birinchi va uchinchi formatlar bir xil:
become – became – become
come – came – come
run – ran – run


4. Uchchala format uch xil:
be – was/were – been
choose – chose – chosen
do – did – done
drink – drank – drunk
drive – drove – driven
eat – ate – eaten
fall – fell – fallen
fly – flew – flown
forget – forgot – forgotten
write – wrote – written


5. Birinchi va ikkinchi format bir xil:
beat – beat – beaten
(va boshqalar).

Quyidagi so’zlarda esa past simple’da «ed» qo’shiladi, past participle’da t harfi qo’shiladi:
burn – burned – burnt
learn – learned – learnt
dream – dreamed – dreamt
smell – smelted – smelt.

@learnenglish_uz
9.4K views12:09
Ochish/sharhlash
2021-01-19 18:59:31 So‘zlashishga tayyorlanamiz

Ingliz tilida eng ko‘p foydalaniladigan kundalik suhbatlashuvlar


When you express acceptance of a thing, offer or suggestion
— Qachonki narsadan, taklifdan, maslahatdan rozi bo'lishni ifodalasangiz

I guess. - Taxminimcha
I suppose. - Menimcha
I guess so. - Taxminimcha shunday
I suppose so. - Menimcha shunday
I believe so. - Men shunaqa deb ishonaman
I think so. - O'ylashimcha shunday
So it seems. - Shunday ko'rinyapti
I hear you. - Men sizni eshityapman
I hear what you're saying. - Nima deyayotganingizni eshityapman

When you agree with a point with indifference or resistance
— Qachonki kimnidir gapiga shubha yoki loqaydlik bilan qo'shilsangiz

Anything you say. - Nima desangiz ham
Whatever you say. - Nima deyishizdan qat'iy nazar
As you say. - Aytganingizdek
If you say so. - Agar shunaqa desangiz
I'm afraid so. - Shunday deb qo'rqaman
Have it your way. - O'zingiz bilasiz
Suit yourself. - O'zingizga havola


When there is a strong reason to do something
— Qachonki nimanidir qilishga kuchli sabab bo'lganda

All the more reason for doing that. - Buni qilish uchun bo'lgan hamma sabab shuki....
All the more reason to do that. - Buni qilish uchun bo'lgan hamma sabab shuki..

When you express confidence in the success of something
— Qachonki nimanidir muvaffaqiyatli amalga oshishiga ishonchingiz komil bo'lsa

It's going to happen. - Bu amalga oshadi.
There's no doubt in my mind. - Hayolimda bunga hech bir shubha yo'q.
There's not a doubt in my mind. - Hayolimda bunga hech bir shubha yo'q.
What can go wrong? - Nima xato ketadi?
What's to go wrong? - Nima xato ketyapti?
Nothing can go wrong. - Hech narsa xato ketmaydi

@learnenglish_uz
11.4K views15:59
Ochish/sharhlash
2021-01-15 16:26:26 ​​​​​​​​​​​​​​ ​​​​132-dars.

Harakat so'zlarini ishlatishdagi ba'zi farqlar.


Harakat so'zlaridan oldin qo'yiladigan so'zlarni avval o'rganib chiqqan edik.
Ularni takror sanab chiqamiz:

Will - kelasi zamonda "moq" qo'shimchasi, barcha shaxs turlarida ishlatilaveradi.

Shall - will so'zi o'rnida faqat 1-shaxsda ishlatiladi.

Can - hozirgi va kelasi zamonda "qo'lidan kelmoq" so'zi.

Could - "can" so'zining o'tgan zamon shakli.

May - hozirgi va kelasi zamonda "mumkin" so'zi.

Might - "may" so'zining o'tgan zamon shakli.

Must - shaxsiy fikrga ko'ra "shart" degan so'z. Hozirgi va kelasi zamon uchun.

Should - "afzal" so'zi.
Would - taklif qilish ma'nosidagi so'z.

Yuqoridagi so'zlardan so'ng hech qachon "to" qo'yilmaydi. "To" doim qo'yiladigan alohida birikmalar bor, ular quyidagilar:
Had to - "must" so'zining o'tgan zamon shakli.

Going to - "moqchi" degan ma'noni anglatadi.

Have to - xohlasak ham, xohlamasak ham zarur bo'lgan, qat'iy belgilab qo'yilgan qoidani bildirgan holda, "zarur, kerak" degan ma'noni anglatadi.

Has to - "have to" birikmasi o'rnida he/she/it uchun ishlatiladi.

Want to - xohlamoq, istamoq.

Would like to - xohlamoqning xushlamoq bilan birlashgan holati desak ham bo'ladi.

Present continuous (davomiy hozirgi zamon) va past continuous (davomiy o'tgan zamon) fe'llarida harakat so'zlariga "ing" qo'shiladi, chunki gap davom etayotgan suratda aytilayotgan bo'ladi.
Yuqorida keltirgan 9 xil so'zimiz ishtirok etganda "To be" qo'yilmaydi, boshqalarida qo'yiladi.

@learnenglish_uz
11.6K views13:26
Ochish/sharhlash