2024-03-13 08:13:41
Oʻzbekistonda 2024-yil bahor boshida fuqarolar uchun minimal to'lovlar qanday?Hozirgi kunda O'zbekiston hududida:
Mehnatga haq to'lashning eng kam miqdori – 1 050 000 so'm;
Bazaviy hisoblash miqdori – 340 000 so'm;
Pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 372 000 so'm;
Yoshga doir eng kam pensiya – 725 000 so'm;
Nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji to'liq bo'lmagan chog'dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 800 000 so'm;
Mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo'lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 800 000 so'm;
Belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (725 000 so'mdan) 800 000 so'mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 800 000 so'm;
Zarur ish stajiga ega bo'lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 621 000 so'm;
Ish staji to'liq bo'lmagan chog'dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo'shimcha to'lovni hisobga olgan holda – 621 000 so'm.
@latipovjahongir
14.6K views05:13