Get Mystery Box with random crypto!

Tadbirkorlarga 100 mln so‘mgacha garovsiz kreditlar beriladi | Jahongir Latipov 💵

Tadbirkorlarga 100 mln so‘mgacha garovsiz kreditlar beriladi

Prezidentning Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining biznes tashabbuslarini moliyalashtirish bo‘yicha 149 sonli qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq 2024-yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari avvalgi yillarda ajratilgan kreditlarning so‘ndirilishi va qo‘shimcha mablag‘lar orqali moliyalashtiriladi.

1-apreldan boshlab o‘zini o‘zi band qilganlarga dastur doirasida 33 mln so‘mgacha kreditlar beriladi va unga koʻra:

• Yer maydoni 10 sotixdan ortiq bo‘lgan tomorqa egalariga 50 mln so‘mgacha garovsiz kreditlar beriladi.

• 10 sotixdan ortiq issiqxona qurish va baliqchilik qilish uchun 100 mln so‘mgacha garovsiz kreditlar beriladi.

@latipovjahongir