Get Mystery Box with random crypto!

Rivaldo va Denilsonga qancha toʻlab berildi? Avvalroq FIFA O' | Jahongir Latipov 💵

Rivaldo va Denilsonga qancha toʻlab berildi?

Avvalroq FIFA O'zbekiston futbol Assotsiatsiyasiga "Bunyodkor" klubi tomonidan braziliyalik futbolchilar Rivaldoga 8,16 million yevro va Denilsonga 1,11 million dollar qarz to'lash to'g'risida qaror yuborganligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

"Bunyodkor" klubi FIFA nizolarini hal qilish bo'yicha milliy palataning 2017 yil 21 sentabrdagi qarorini to'liq bajarmaganlikda aybdor deb topildi, buni Sport arbitraj sudi 2023 yil 6 noyabrda to'liq tasdiqladi.

7 fevral kuni FIFA "Bunyodkor" ning sobiq o'yinchilari Rivaldo va Denilsonning shikoyatlari bo'yicha yangi ish ochdi, 15 kundan so'ng esa klub futbolchilar oldidagi majburiyatlarini bajarish to'g'risida qaror qabul qildi.

30 mart kuni muzokaralar yakunlari bo'yicha tomonlar kelishuvga erishdilar. Natijada, Bunyodkor litsenziya platformasiga kerakli hujjatlarni yuklab olishga muvaffaq bo'ldi.

FIFA qaroriga ko'ra, Bunyodkor Rivaldo va Denilson oldidagi qarzni shu yilning 7 apreligacha to'lashi kerak edi. Yangi kelishuvga ko'ra, qarz miqdori sezilarli darajada kamaytirildi va u Denilsonga 2026 yilgacha uch qismga, Rivaldo esa 2028 yilgacha yiliga bir marta to'lanishi kerak", – deyiladi klubning rasmiy bayonotida.

Klubda futbolchilar oldidagi qarz miqdori qancha kamayganligi aniqlanmagan.

@latipovjahongir