Get Mystery Box with random crypto!

Oʻzbekistonda aprel oyidan nimalar o‘zgaradi? Subsidiyalar, | Jahongir Latipov 💵

Oʻzbekistonda aprel oyidan nimalar o‘zgaradi?

Subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalar tadbirkorlik subyektlariga barqarorlik reytingidagi o‘rnidan kelib chiqqan holda ajratiladi va qo‘llaniladi.

Chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun nol darajali stavka bo‘yicha soliq solinishi bekor qilinadi.

Bola tug‘ilganda suyunchi puli barchaga birdek berilmaydi. Endilikda ikkinchi va undan keyingi farzandlar uchun suyunchi puli barchaga birdek berilmaydi.

Aksiz solig‘i stavkalarining o‘zgarishi munosabati bilan neft mahsulotlari narxlari o‘zgaradi. Xususan, neft mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi aksiz solig‘i Ai-80 benzini mahsulotining 1 tonnasi uchun 303 000 so‘mdan 340 000 so‘mga oshishi belgilangan.

Tibbiy xizmatlar, veterinariya xizmatlari, dori vositalari, veterinariya dori vositalari, tibbiyot va veterinariya uchun mo‘ljallangan buyumlar uchun 1-apreldan QQS to‘lanadi.

Tarkibida shakar yoki xushbo‘ylashtiruvchi moddalar bo‘lgan, gazlangan ichimliklarning 1 litri uchun 500 so‘m, energetik va tetiklashtiruvchi ichimliklarning 1 litri uchun 2 000 so‘m miqdorida aksiz solig‘i belgilanadi.

Yangi tahrirdagi “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida"gi qonun bilan banklarning ustav kapitali 200 mlrd so‘mdan 350 mlrd so‘mga oshiriladi.

Manba: nova.uz
@latipovjahongir