Get Mystery Box with random crypto!

Xudoyim, qovrildim... Tugaydi qachon Bu gulxan yurakning lovul | ...lahzalarda

Xudoyim, qovrildim... Tugaydi qachon
Bu gulxan yurakning lovullashlari.
Bu tun yana menga bermadi orom,
Qonimning olovli lovullashlari.

Menchalik yonmagan hech kim... Menchalik
Hech kim o'chmoqlikni etmagan orzu.
Borayapman chaqmoqning bo'lagi yanglig'
Lahzalik umrimni falakka osib.

Hatto vulqonlarda olovlik bekor-
Mening yong'inimning yo'qdir adog'i.
Ichimda maysaning armonlari bor,
Yomg'irda o'sishning hasrati, dog'i.

O, sasing yetishdi ruh ila tanga,
Rahmat kalomlaring buncha muloyim!..
Meni o'chirtirma biror bandangga,
O'zing o'chir meni... O'zing Xudoyim!

Usmon Azim she'ri
Zarnigor Ibragimova ijrosi