Get Mystery Box with random crypto!

#Exclusive_xabar Hamma deyarli 4-5 yilddan beri kutayotgan | Labirint Havfli Tuzoq New

#Exclusive_xabar
Hamma deyarli 4-5 yilddan beri kutayotgan Labirint kinosining 4 chi qismi haqida yetarlicha ma'lumot !!!
Kinoning nomi —The Kill Order va hali ham yozuvchisi James Dashner . Ammo bundan avvalgi nomi The Fever Code bo'lgan bu kino millionlab tomoshabinlari tomonidan hatto fake trailerlari ham yoqqan eng zo'r trailerga kiradi.
Aytadigan bo'lsam, ko'pchiligingiz kino taqdiridan ko'ra personajlar taqdiriga ko'proq qiziqasiz!
Shuni inobatga olib sizga eng mash'um xabarni yetqazmoqchiman .
Bu xabar shundan iboratki, biz sevgan Brenda, Minho, Sonia, Aris, Galleylarning hech biri bu kinoda ko'rinish bermaydi.
Boshqalarni bilmadimu ammo men yashayotgan labirint olami haqidagi ijtimoij guruhda boshqalar bilan Newtni nomaʼlum sabablarga koʻra qayta tirilishi, Teresani esa Galleyning boshligʻini birorta odam sabab tirik qolishini kutyotgan edik. Ammo hech qanday moʻjiza sodir boʻlmaydi va Newt va Teresa qaytmaydi Gleyderlar
•Teresani ba'zilar kutmadi ammo man kutdim chunki uni o'rnida bo'lish boshqalarni ham shu ishga majburlaydi. Yoqmasa ham haqiqat bu!
Ammo umidni soʻndirmang menda yangi xush xabar bor!
Yuqorida aytib oʻtgan mashʼum xabarda Thomasni aytmadim
Kutganingizdek Thomas qatnashadi ammo bosh roʻlda emas . Thomas bilan birga Teresa ham qatnashadi. Chunyapman xato yozdi shekilli deb oʻylayapsiz chunki uni oʻlgan degandim hozirgina.
Mana eshiting nima demoqchi boʻlyapman.
Kino Labirint kinosining 1, 2, 3 qismlari muqaddimasi sifatida ekranlashtirilgan. Yaʼni The Kill Order— Quyoshdan kuyish, zombiga aylanishlar, dunyoning aksaryat qismi yoʻq boʻlib ketishi, butun dunyo aholisining 10% ga yaqin insoniyati tirik qolishi haqida kino surʼatga olingan.
Teresa va Thomas 5 yoshda topib olingani yozilgan. Undan avval esa prolog qismida Teresa Thomasga xotirani oʻchirish dorisini yuborib Gladega yuborilayotgan sahnasi yoritilgan. Oʻzim oʻqib koʻrdim. Teresa dori quyayotganda "Kut biz boshqa joyda koʻrishamiz" "Ertaga meni eslolmaysan" deb dili ogʻrigani bayon etilgan. Yana bir maʼlumot Teresa bu qismda Didi yaʼni DeeDee deb yuritilgan keyinchalikTeresa deb va Uning familiyasi esa Agnes ekanligi maʼlum boʻlagan! Teresa Agnes.
Hamma qiziqayotgandir Teresa va Thomas bosh qahramon boʻlmasa unda kim ? Deb. Bosh qahramonlar bu yangi personajlar boʻladi. Labirint olamida yangi personajlarni kutib Oling!:
•Marc— Ashville qishlogʻidagi 17 yoshli oʻsmir va asosiy qutqaruvchi boʻlgan 4 likdan biri.
•Trina— Marcning qoʻshnisi va sevgilisi. Marc va doʻstlariga koʻp ishlarda yordam beradi.
•Lana— Kasbi jangda hamshiralik. Alecning sevgilisi. Virusga chalingach Alec tomonidan oʻldiriladi.
•Alec— Kasbi Jangda veterenar. Marc Trina Lana bilan 4 talasi Katastropik quyosh paytidagi qutqarivchilardan biri.
•DeeDee/Teresa—Deedeeni Marc topib olgach oʻzi bilan olib ketadi. Keyinchalik unda Virusga immuni borligini bilgach uni Alaskaga olib boradi. WICKED tomonidan unga Teresa Agnes ismi beriladi.
•Stephan/Thomas:—Asl ismi Stephan boʻlgan Thomas onasi tomonidan WICKED ga olib kelinadi va immuni bor. Kechalik uyida chiroq lampasini koʻrib WICKED tomonidan unga Thomas Edison ismi beriladi.
•Bruce—Virus tarqalishida qatnashgan salbiy obraz
•Jed—DeeDeening qishlogʻidan boʻlgan odam. Marc va Alecni himoya qilib virusdan oʻladi. Kal
•Anton—PFC (Post-Flare-Coalition) da ishlaydi Marc va Alecga virus tarqalish joyini aytib yordam beradi. DeeDee ni Alaskaga joʻnatish ideasini beradi.
•Toad, Misty, Darnell— boshqa qishloqdan boʻlgan 3 qutqaruvchilar. Marc va Alec qishloqga kirib kelganida Darnell, soʻngra Misty virusdan vafot etadi. Soʻngida Toad virusdan qiynalyotganida Alec uni oʻldiradi.
•Baxter— 13 yoshli bola. Marcga qutqaruv ishlarida katta yordam bergan. Boss tomonidan oʻldirilgan. Ekranda faqat bosh qahramonlar xotiralarida koʻrinish beradi.
WICKED—shu paytdayam borekan nafratlanaman
Kino haqida
Asarning asosiy qismi New York shahrida boshlanadi. Dunyoda Katastropik quyosh yondirilishi boʻladi.
Tsunami boʻladi va katastropik quyosh tufayli suvi issiq boʻlib qoladi.