Get Mystery Box with random crypto!

Mahatma Gandi uchun atalgan uch o‘q. Hind dohiysiga uyushtiril | DELF/DALF/TCF Français🗼

Mahatma Gandi uchun atalgan uch o‘q. Hind dohiysiga uyushtirilgan suiqasd tarixi

1948-yilning 30-yanvar kuni buyuk hind davlat arbobi, faylasufi Mohandas Karamchand Gandiga suiqasd uyushtirildi. “Daryo” nashri mazkur suiqasd tafsilotlari haqida hikoya qiladi.

Mohandas Karamchand Gandi hindlar va ingliz mustamlakachilari orasida “Mahatma” – “Buyuk qalb sohibi” nomi bilan ancha tanilgandi. Fojiaviy yakun va uning atrofidagi sodir bo‘layotgan vaziyat Gandining shaxsiyati bilan bog‘liq faoliyatga zid keladigan tasavvur uyg‘otsa-da, keyingi voqealar nafaqat hindlarning, balki butun dunyoning taqdiriga ham sezilarli o‘zgarishlar olib kirdi.

Mohandas Gandi 1869-yilda tavallud topdi. Gandini ayrimlar brahman tabaqasiga mansub deb bilsa-da, Gandi vayshiylar kastasiga kiruvchi baniya toifasidan edi. Vayshiylar an’anaviy hind kastachiligi pog‘onasida brahman va kshatriylardan so‘ng jamiyatning uchinchi pog‘onasida turuvchi qatlam edi.
Mohandas Gandi dastlab inglizlar tomonidan tashkil qilingan maktabda tahsil oladi, so‘ng o‘qishini Londonda huquqshunoslik sohasida davom ettiradi. Gandi g‘arblashgan o‘ta tor, ammo ta’sirli doiradagi hindlar orasiga kirib qolgandiki, u mansub bo‘lgan bu doiradan keyinchalik mustaqil Hindistonning birinchi bosh vaziri bo‘lgan Javoharlal Neru, Pokiston davlatining asoschisi Muhammad Ali Jinnalar yetishib chiqqandi.

Janubiy Afrikadan boshlangan uzoq yo‘l

Gandining siyosiy yetakchi sifatidagi faoliyati, dastlab, o‘z vatani Hindistonda emas, aksincha Janubiy Afrikadagi hind muhojirlarining huquqlari uchun kurashchi sifatida boshlandi. Gandining siyosiy yetakchiga aylanishiga Viktoriya davri Britaniyasi va bu imperiya tartib bergan irqlar pog‘onasi-yu, mustamlakachilik tizimi sabab bo‘ladi. Garchi bugungi kunda janubiy afrikaliklar Gandining Janubiy Afrikadagi teng huquqlar uchun kurashini alohida ta’kidlashni istashmasada, Gandi Janubiy Afrikaning Durban shahrida ilk marta Britaniya imperiyasi o‘rnatgan irqiy kamsitishga qarshi kuch ishlatmaslik bilan qarshi turish g‘oyasini ilgari surdi.

Har bir insonning bu dunyoda maqsadga erishishida yo‘lchi yulduzi bo‘ladi. Shu ma’noda, Gandining yo‘lchi yulduzi rus klassik adabiyoti vakili Lev Tolstoyning har qanday jaholatga qarshi kuch ishlatmaslik bilan qarshi turish mumkinligi g‘oyasi bo‘ldi. Gandi o‘z avtobiografiyasida “rus yozuvchisi Lev Tolstoyning asarlari bilan tanishar ekanman, boshqa hech bir muallif yoki g‘oya Tolstoynikidek chuqur axloqiy va shu bilan birga samimiy emasligini” alohida ta’kidlagandi. Tolstoy nazaridagi kuch ishlatmaslik borasidagi axloqiy qadriyat kun kelib dunyoni chirmab olgan alamzadalikka barham berishi kerakligi g‘oyasini Gandi o‘ta sezgirlik bilan ilg‘agandi.

Gandi Janubiy Afrikada oz emas, ko‘p emas 20 yil umrini o‘tkazdi va ona vatani Hindistonga qaytib keldi. Garchi Gandining kuch ishlatmaslik borasidagi yutuqlari Janubiy Afrika misolida ulkan bo‘lmasada, uni mashhur qilgandi.  Hindistonga qaytib kelgan Gandi 1920-yilda Hindiston Milliy Kongressi partiyasiga rahbarlik qila boshlaydi va aynan shu davrdan boshlab, u Hindistonning mustaqilligi uchun harakat qiladigan hind kurashining asosi bo‘lib xizmat qiladi. Tolstoyning g‘oyalari birinchi jahon urushi natijasida maglubiyatga uchraydi, ammo Gandi buyuk rus yozuvchisining g‘oyalarini hayotga tadbiq qilishni maqsadga aylantiradi. Shu maqsadda Gandi ingliz hukumatiga qarshi kuch ishlatmasdan qarshilik ko‘rsatish kampaniyasini boshlab yuboradi. Buning uchun u hind vatandoshlaridan inglizlar qo‘lida ishlamaslik, ingliz maktablarida tehsil olmaslik, ingliz sudlarida qatnashmaslik kabi tamoyillarga amal qilishlarini targ‘ib qiladi. Ayniqsa Gandi ingliz yengil sanoati mahsulotlaridan voz kechishni va qo‘l mehnatiga asoslangan ip yigiruv uskunasidan foydalangan holda kiyim bosh tayyorlashni namuna qilib ko‘rsatadi va keyinda Gandining o‘ziga xos bo‘lgan ramziga aylanadi. Aynan shu davrdan boshlab Gandi qiyofasi ham tarki dunyo qilgan odam siymosini gavdalantira boshlaydi. Gandining g‘oyasini hindlar katta ishtiyoq bilan qarshilaydilar: mahalliy hind huquqshunoslar ommaviy tarzda i