Get Mystery Box with random crypto!

Oddiy mobilograf lug'ati Tutorial - bu biror video yoki foto | KXAN_MEDIA

Oddiy mobilograf lug'ati

Tutorial - bu biror video yoki fotoning qanday qilib olinishi hamda ularni qanday qilib montaj qilinishi ko'rsatilgan video qo'llanma. Qisqacha bu "qanday qilinadi" degan savolning javobi hisoblanadi.

Shablon - dangasalar hamda vaqtni tejaydiganlar uchun maxsus fayl. Uning yordamida video yoki rasmni qisqa vaqt ichida montaj qilib olish mumkin.

Isxodnik - bu montaj qilinmagan original foto yoki videodir. Agar siz mashinani videoga olsangiz, uning montajsiz varianti isxodnik deyiladi

Futaj - bu video yoki rasm shaklidai fayl, asosan videolarda kadrdan-kadrga o'tish yoki ma'lum bir joyga qo'yiladi.

Perexod - bir kadrdan boshqa kadrga o'tish jarayoni

LUT, PRESET - bular video va rasmga ranglar bilan ishlov beriladigan fayllardir. Rasm uchun preset dng fayl, video uchun lut cube fayl hisoblanadi.

SFX - montaj uchun zvuk fayl

xromokey - yashil fon bilan ishlash

Iloji yo'q narsaning o'zi yo'q