Get Mystery Box with random crypto!

​​​​ QADRIGA YeTING Qadriga yeting bo‘lsa akangiz, Qo‘lidan y | Kuzgi Fasonlar🌹

​​​​ QADRIGA YeTING

Qadriga yeting bo‘lsa akangiz,
Qo‘lidan yetaklang bo‘lsa ukangiz.
Kun kelib mabodo kuchdan qolsangiz,
Begonalar sari chopa olmaysiz,
Ulardan boshqani topa olmaysiz.

Boshga ko‘taring bo‘lsa singlingiz,
Shu qizcha ko‘tarar bir kun ko‘nglingiz,
Mudom intizordir poylab yo‘lingiz.
Kosada luqma oshni yuta olmaysiz,
Ulardan boshqani topa olmaysiz.

Agar yoningizda bo‘lsa opangiz,
Emaklab boringda poyin o‘pingiz.
Yakkayu-yagona duoguyingiz,
Bozordan boshqa bir opa olmaysiz,
Ulardan boshqani topa olmaysiz.

Yaxshi kunda qadrin biling yoringiz,
O‘shadir nomus, o‘sha oringiz
Tarqalib ketganda yo‘g‘u boringiz.
Ko‘z yoshni o‘zgaga sepa olmaysiz,
Undan boshqasini topa olmaysiz.

Bugun sho‘x yugurgan jajji bolangiz.
Artadi kun kelib ko‘zda jolangiz.
Suykalib kelsa gar boshin silangiz.
O‘zgani bolasin o‘pa olmaysiz.
Ulardan boshqasin topa olmaysiz.

Oh qadriga yeting bo‘lsa Onangiz.
Duosini oling bo‘lsa Otangiz
Tuzating shu bugun bo‘lsa xatoingiz.
Attang eshigini yopa olmaysiz.
Ulardan boshqasin topa olmaysiz


DUNYODA