Get Mystery Box with random crypto!

Ikki uch kundan beri Alan Walker va Imanbek (qozog'istonlik qo | Kuzatuvchi blogi👀

Ikki uch kundan beri Alan Walker va Imanbek (qozog'istonlik qo'shiqchi) tomonidan yaratilgan Sweet dreams qoʻshigʻini eshitib yuribman. Alan Walkerni taniydiganlar topilar lekin nima uchun Imanbekka buncha qiziqish deb soʻrashingiz mumkin. U kim oʻzi? Imanbek qozog'istonlik remiks ustasi - ya'ni koʻpincha rep yoʻnalishda boshqa aytilgan qoʻshiqlarni cover qiladi (boshqatdan o'z uslubida aytadi). Aynan shu bola bu yil mashhur Grammy mukofotini qoʻlga kiritdi. Hali beri uncha buncha dunyoning Top qoʻshiqchilari ololmagan narsani qoʻlga kiritdi. Respekt!

Bizdachi?...

Yaqinda bir tanishimdan "Qoʻshiqchi (yoki sanʼatkor) uchun eng yuqori choʻqqi nima?" deb soʻraganimda "Madaniyat vaziri boʻlish" (!) deb javob berdi
Eshityapsanmi John, madaniyat vaziri
(Oldinroq Alisher Uzoqov ham intervyusida 'San'atkor uchun choʻqqi bu toʻylarga chiqish' degabdiku))

Bizdagi tushuncha shunday o'rtoqlar... Qaysi sohada eng katta choʻqqi boʻlsa u ham rahbarlik...

Heh bu "mneniyani", oʻrtoqlar, uygʻoning, koʻzni kattaroq oching, dunyoni kengroq anglang! Qoʻshiqchi uchun eng katta choʻqqi rahbarlik yoki toʻy emas! U uchun eng choʻqqi bu dunyo tan olishi, qoʻshiqlarini millionlar eshitishi, mashhur qoʻshiqchilar bilan duetlar aytish, katta katta konsertlar berish, Billboard da Top 10 talikka kirish va hokazo. Mana masalan men shu kecha kunduzda birorta qoʻshiqchimizning birorta dunyo yulduzi bilan birgalikda yaratgan qoʻshigʻini bilmayman. Yoki Grammy yutib olgani ham yoʻq. Shunday ekan kim qaysi sohada boʻlmasin eng yuqori choʻqqi dunyo eʼtirof etishi ekanligini unutmaslik kerak!

@kuzaruvchi_blogi