Get Mystery Box with random crypto!

U yoqqa ketmagin, demadimmi senga? Seni faqat men taniym | Kutubxonachi bilan📚

U yoqqa ketmagin, demadimmi senga?
Seni faqat men taniyman demadimmi senga?

DEMADIMMI?
Bu yo'qlik dunyosida hayot chashmasi menman!
Ichsang, ichsang, mendan qonib ichasan!

Bir kuni menga jahl qilib yuz ming yillik yo'lga ketsang,
qaytib qovushadiganing yer menman!

DEMAGANMIDIM?
Demadimmi shunday?

Men bir Dengizman, demadimmi senga?
Sen bir Baliqsan demadimmi? Demadimmi, u quruq yerlarga aslo ketma!
Qushlar kabi tuzoqqa ketma, demadimmi?

Demadimmi, seni uchishga o'rgatgan menman!
Seni suzishga o'rgatgan menman!
Seni yurishga o'rgatgan menman!

DEMADIMMI?!

Sening qo'ling, qanoting menman demadimmi?

So'yla bularni men senga takror va takror aytmadimmi?
ESLATMADIMMI?
DEMADIMMI?



"Ma'naviy masnaviy"dan
Jaloliddin Rumiy

@kutubxonachi_bilan