Get Mystery Box with random crypto!

DIQQAT TANLOV!!! O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta ma | 2018-2023 Фармация факультети

DIQQAT TANLOV!!!

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligining tegishli topshiriq xati ijrosini taʼminlash maqsadida institut talaba-yoshlari o‘rtasida onlayn tarzda “Yoshlar giyohvandlikka yo‘q deydi” mavzusida rasmlar va insholar tanlovi o‘tkaziladi.

Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi:
Birinchi bosqich – akademik guruhlar o‘rtasida;
Ikkinchi bosqich – fakultetlararo talabalar o‘rtasida o‘tkaziladi.

Tanlovda g‘oliblikni (1, 2 va 3 o‘rin) qo‘lga kiritgan talabalar tanlov nizomida belgilangganidek, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Mazkur tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan talaba-yoshlar ijodiy ishlarini institutning Yoshlar bilan ishlash, ma‘naviyat va ma‘rifat bo‘limi boshlig‘i N.Ashurova hamda Talabalarni turar joy bilan ta‘minlashni muvofiqlashtiruvchi bo‘lim boshlig‘i F.Ernazarovalarga murojaat qilishlari mumkin:

Ijodiy ishlarni quyidagi telefon raqamlariga telegram ijtimoiy tarmoqlari orqali yuborishlari mumkin:
+998 90 916 50 40
+998 90 919 22 85

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring

Telegram ► Facebook ► Instagram ► www.pharmi.uz