Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent | Kun.uz

Telegram kanalining logotibi kunuztoshkent — Toshkent | Kun.uz T
Telegram kanalining logotibi kunuztoshkent — Toshkent | Kun.uz
Kanal manzili: @kunuztoshkent
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.23K
Kanalning ta’rifi

Kun.uz’ning Toshkent shahriga oid xabar va yangiliklar rasmiy kanali.
Reklama: 998 78 113 10 10
Video jo‘natish uchun 👉 @kunuzvideo_bot

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-06-12 06:58:34
O‘qishni ko‘chirish o‘rniga akademik mobillik. Bu qanday bo‘ladi?

O‘qishni ko‘chirishga talabgorlar soni bu yil 150 ming bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Ularning aksari yo o‘zi o‘qiyotgan OTMdagi ta’limdan qoniqmasdan sifatliroq joyga borishni xohlaydi, yoki avvalboshdan shunday reja bilan o‘qishga kirgan. Shunday vaziyatda akademik mobillik – yaxshiroq joyda o‘zaro almashib ta’lim olish imkonini beradigan yangi tizimga o‘tilishi kutilmoqda.

https://kun.uz/uz/91559801

Poytaxt xabarlari
2.8K viewsedited  03:58
Ochish/sharhlash
2022-06-11 19:53:15
“Buni ko‘rib odam qo‘rqib ketdi” — prezident Toshkent yo‘llaridagi ahvol haqida

Shavkat Mirziyoyev mashinada bir yarim soat Toshkentni aylanganida ko‘rgan tartibsizliklaridan hayratga tushganini aytdi. “Shunaqa “narusheniya” ko‘p, shunaqa “probkalar” ko‘p... Xohlagan odam xohlagan narsasini qilib yuribdi shopirlar”, – degan prezidentning 6 iyun kungi nutqidan lavha keltirildi "Menimcha" ko‘rsatuvining bugungi sonida.

https://kun.uz/uz/14785770

Poytaxt xabarlari
2.9K views16:53
Ochish/sharhlash
2022-06-11 16:29:46
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko‘ra, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar davlat bog‘chalari va maktablarga navbatga qo‘yilmasdan joylashtiriladi.

Ularga texnikum, kollej, akademik lisey yoki OTMda o‘qiyotganda har o‘quv yilida 1 marotaba o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) xarid qilish uchun BHMning 5 baravari (1 mln 500 ming so‘m) miqdorida subsidiya beriladi.

Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar o‘qishni davlat OTMlarida davom ettirganda ularga stipendiya 50 foizga oshirilgan holda to‘lanadi.

Poytaxt xabarlari
2.8K views13:29
Ochish/sharhlash
2022-06-11 14:59:46
#Qiziqarli_fakt

Machu-Pikchu — Perudagi 2438 metr balandlikda joylashgan, qadimiy inklarning yo‘qolgan shahri hisoblanadi. Unga taxminan 1440-yilda inklar tomonidan asos solingan.

Poytaxt xabarlari
2.4K views11:59
Ochish/sharhlash
2022-06-11 13:29:46
Xonadonlar uchun gaz xarajati kalkulyatori ishga tushirildi

“Hududgazta’minot” tomonidan xonadonlar uchun gaz xarajati kalkulyatori ishga tushirildi. U iste’molchilarga foydalanilgan tabiiy gaz uchun amaldagi va taklif etilayotgan tariflar bo‘yicha qiyosiy hisob-kitoblarni amalga oshirish imkonini beradi.

https://kun.uz/uz/57550185

Poytaxt xabarlari
2.5K views10:29
Ochish/sharhlash
2022-06-11 11:59:47
Deputatlar “Tashabbusli budjet”da ovoz berish jarayonini murakkablashtirmoqchi

Qonunchilik palatasida o‘tirgan ba’zi deputatlarning ishi xalq uchun qandaydir taqiq va murakkabliklar o‘ylab topishdan iboratmi? Har holda deputatlarning so‘nggi vaqtlarda qabul qilib, muhokamaga olib chiqayotgan ayrim loyihalari shunga xizmat qilayotgandek.

https://kun.uz/uz/44466194

Poytaxt xabarlari
2.3K views08:59
Ochish/sharhlash
2022-06-11 10:29:46
O‘zbekistonda har kuni 10 ming tonna un birja savdolariga qo‘yilmoqda

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi mahalliy unning vaqtinchalik tartib asosida sotilishini doimiy monitoring qilmoqda.

https://kun.uz/uz/02252291

Poytaxt xabarlari
2.3K views07:29
Ochish/sharhlash
2022-06-11 08:59:46
O‘zbekistonda may oyida 1 733 nafar egizaklar tug‘ilgan

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning 1-iyun holatiga ko‘ra, respublikamizda 70,5 ming tug‘ilish qayd etilgan.

Shundan 1 733 nafari egiz tug‘ilganlar.

May oyida hududlar kesimida egiz tug‘ilganlar soni:
Samarqand viloyati – 219 nafar
Farg‘ona viloyati – 186 nafar
Qashqadaryo viloyati – 184 nafar
Toshkent shahri – 180 nafar
Andijon viloyati – 170 nafar
Surxondaryo viloyati – 136 nafar
Namangan viloyati – 124 nafar
Toshkent viloyati – 114 nafar
Qoraqalpog‘iston R. – 91 nafar
Buxoro viloyati – 88 nafar
Jizzax viloyati – 75 nafar
Xorazm viloyati – 63 nafar
Sirdaryo viloyati – 52 nafar
Navoiy viloyati – 51 nafar

Poytaxt xabarlari
2.3K views05:59
Ochish/sharhlash
2022-06-11 07:29:47
Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahridagi nikoh uylari tugatilishi mumkin

Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

https://kun.uz/uz/73954815

Poytaxt xabarlari
2.3K views04:29
Ochish/sharhlash