Get Mystery Box with random crypto!

Chilonzor tumani issiqlik tarqatish bo‘limi xodimining firibga | Toshkent | Kun.uz

Chilonzor tumani issiqlik tarqatish bo‘limi xodimining firibgarligi fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bektemir tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “TOSHISSIQQUVVATI” DUK Chilonzor tumani issiqlik tarqatish bo‘limi texnik-noziri D.N. fuqaro M.ning xonadonidagi issiq suv va issiqlik energiyasidan 3,4 mln so‘mlik qarzdorligini so‘ndirib, joriy yilning dekabr oyiga qadar qarzdorligi mavjud emasligi haqida ma’lumotnoma rasmiylashtirib berish evaziga 270 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Poytaxt xabarlari