Get Mystery Box with random crypto!

Surxondaryoda quduqqa tushib ketgan qoramol chiqarib olindi 2 | Surxondaryo | Kun.uz

Surxondaryoda quduqqa tushib ketgan qoramol chiqarib olindi

2022-yil 2-yanvar kuni soat 11:30 larda viloyat FVBning tezkor boshqaruv markaziga 1050 raqami orqali Termiz tumani Yangobod mahallasida yashovchi fuqaro qoramoli mahalla yaqinidagi quduqqa tushib ketgani haqida murojaat qilgan.

Shundan so‘ng, boshqarma qutqaruv otryadi qutqaruvchilari aytilgan manzilga zudlik bilan yetib borgan. Qutqaruvchilar tomonidan olib borilgan tezkor harakatlar natijasida maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida qoramol quduqdan chiqarib olingan.

Surxondaryo xabarlari