Get Mystery Box with random crypto!

Kun.uz’ga murojaat Biz Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani | Surxondaryo | Kun.uz

Kun.uz’ga murojaat

Biz Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani Shabnam mahallasi togʻli Vochax qishlogʻida yashaymiz. Qishlogʻimizga hanuzgacha elektr liniyasi yetib kelmagan. Shu sababli solyarkali chiroq bilan yashab kelayapmiz.

Qishlogʻimizga mavsumiy avtomobil yo'li bor, maktab qurib berilgan. Ammo chiroq masalasi muammo. Biz murojaat qilmasak, sharoitlarimizga hech bir tashkilot yoki rahbar e'tibor bermaydi.

Tashqarida XXI asr, ammo biz XIX asrda yashayotgandaymiz. Chiroq yo‘qligi uchun televizor ko'rmaymiz. O‘zbekistonda, dunyoda nimalar bo‘lyapti bilmaymiz, axborotlarni eshitmaymiz.

Elektr liniyasi 6 km naridagi qishloqqa yetib kelgan. Endi bizning qishloqqa ham elektr liniyasi tortib berilishiga amaliy yordam berishingizni iltimos qilamiz.

Surxondaryo xabarlari