Get Mystery Box with random crypto!

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovi natijalari e’lon qili | Surxondaryo | Kun.uz

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovi natijalari e’lon qilindi

Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha 2023-yil 16-avgust kuni o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

my.uzbmb.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish (xorijdan) Natijani olish“ bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

mandat.uzbmb.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish-2023” bo‘limi orqali talabgorning ID raqamini kiritgan holda.

Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga talabgorning ID raqamini yuborgan holda

@e_dtm_mandatbot
@e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot
@e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot

Surxondaryo xabarlari