Get Mystery Box with random crypto!

Samarqand | Kun.uz

Telegram kanalining logotibi kunuzsamarqand — Samarqand | Kun.uz S
Telegram kanalining logotibi kunuzsamarqand — Samarqand | Kun.uz
Kanal manzili: @kunuzsamarqand
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 9.22K
Kanalning ta’rifi

Kun.uz’ning Samarqand viloyatiga oid xabar va yangiliklar rasmiy kanali.
Reklama: 998 78 113 10 10
Video jo'natish uchun 👉 @kunuzvideo_bot

Ratings & Reviews

1.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

2


Oxirgi xabar 244

2021-12-27 17:33:18
#Kun_videodayjesti
27.12.2021

Muomalaga chiqarilgan yangi pullar, vakolatlari kengayayotgan oliygohlar, pillachilarga subsidiya, prezidentlik sayloviga tayyorgarlikni boshlagan Rossiya
— kunning eng muhim xabarlari 60 soniyada

@kunuzofficial
@kunuz
6.5K views14:33
Ochish/sharhlash
2021-12-27 17:22:13
«Dinamo» fan-klubi OʻFA tomonidan taqdirlandi

26-dekabr kuni oʻzbek futbolining 2021-yil yakunlariga bagʻishlangan «UZ Football Awards-2021» taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Unda bir qator nominatsiyalar bilan birga yil davomida jamoalarini eng yaxshi qoʻllab-quvvatlagan fan-klublar ham taqdirlandi.

Eʼtiborlisi, Superliga fan-klublari qatorida «Dinamo» fan-klubi «Pro liganing eng yaxshi muxlislar klubi» nominatsiyasida OʻFA tomonidan taqdirlandi. Muxlislari klubi rahbari Shavkat Burhonov sovrinni Eldor Shomurodovdan qabul qilib oldi.

Samarqand xabarlari
6.5K views14:22
Ochish/sharhlash
2021-12-27 15:30:39
Oziq-ovqat mahsulotlarini O‘zbekiston bo‘ylab ulgurji sotmoqchimisiz?

Mahsulotlaringizga ko‘proq xaridor topish niyatida bo‘lsangiz, Oziqovqat.com ilovasini yuklab oling va savdongizni oshiring!

Oziqovqat.com bilan bozorma-bozor yurishdan qutuling!

Reklama
7.0K views12:30
Ochish/sharhlash
2021-12-27 14:45:01
Kattaqoʻrgʻonda voyaga yetmaganlar sovuq qurollar olib yurgani aniqlandi

2021-yil 27-dekabr Kattaqoʻrgʻon shahar IIB xodimlari tomonidan shaharning A.Temur koʻchasida ketayotgan fuqarolar toʻxtatilib tekshirilgan.

Tekshiruv davomida, Kattaqoʻrgʻon shahar Madrasa koʻchasida yashovchi, 2007-yilda tugʻilgan X.N. ning cho‘ntagidan yigʻiladigan bitta sovuq quroli borligi aniqlangan.

Shuningdek, Kattaqoʻrgʻon tumani Kattakoʻrpa qishlogʻida yashovchi, 2005-yilda tugʻilgan M.B.ning cho‘ntagida esa “kastet” sovuq quroli borligi, Kattaqoʻrgʻon shahar "Qoriravot" MFYda yashovchi, 2006-yilda tugʻilgan N.J.ning maktab sumkasida 50 dona pirotexnika vositalari borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.

Samarqand xabarlari
7.3K views11:45
Ochish/sharhlash
2021-12-27 13:31:02
E’tiborsizlik tovoni: Ichimlik suvi iste’molchilari gardaniga to‘lab bo‘lmaydigan summalar yuklanmoqda

Shaharlarda jo‘mrak buralsa bas, kranlardan zilol suv oqib turibdi. Shu sabab ayrimlar uning qadriga yetmayotgani ham rost. Ayrimlar esa, e’tiborsizlik sabab suvsozlarning millionlab so‘mlik jarimalariga giriftor bo‘lmoqda.

https://kun.uz/uz/09448142

Samarqand xabarlari
7.5K views10:31
Ochish/sharhlash
2021-12-27 13:01:00
Ferkensco Management Limited kompaniyasi Samarqand davlat universiteti bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi

Kelishuvga ko‘ra, universitet bitiruvchilarini «Samaqarqandkimyo» AJ qoshida qurilayotgan MAP va NPK o‘g‘itlarini ishlab chiqarish majmuasi faoliyatiga jalb etish maqsadida maxsus o‘quv dasturlarini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.

Fabrikaning ishga tushirilishi 2022 yilning sentyabr oyiga mo‘ljallanganiga qaramay, hozirdanoq kimyo-tehnologiya sohasi mutaxassislarini ishga qabul qilish jarayoni yo‘lga qo‘yilgan.
Mazkur taklifga qiziqish bildirganlar job@ferkensco.com elektron manziliga murojaat qilishlari mumkin

Reklama
7.7K views10:01
Ochish/sharhlash
2021-12-27 10:30:02
Samarqanddagi 4ta OTM to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatini mustaqil belgilaydi

O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining vakolatlari kengayadi. Ayrim davlat OTM to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatini mustaqil belgilaydi.

https://kun.uz/uz/09027981

Samarqand xabarlari
8.5K views07:30
Ochish/sharhlash
2021-12-27 10:01:02
Adliya vazirligi firibgarlar yong‘in xavfsizligi xodimi sifatida pul undirayotganidan ogohlantirdi

Adliya vazirligi yong‘in xavfsizligi xodimi sifatida noqonuniy pul undirayotgan firibgarlardan ogoh bo‘lishga chaqirdi.

https://kun.uz/uz/94541219

Samarqand xabarlari
8.3K views07:01
Ochish/sharhlash
2021-12-27 09:09:23
Samarqanddagi tonnel yaqinda foydalanishga topshiriladi

Samarqand shahrining Boʻstonsaroy va Rudakiy koʻchasida ishlar oxirlashib qoldi. Yaqin kunlarda ushbu koʻchalar toʻliq foydalanishga topshiriladi.

Bundan tashqari Ro‘dakiy va Bo‘stonsaroy ko‘chalari kesishgan chorrahada qurilgan tonnel ham foydalanishga topshiriladi.

Samarqand xabarlari
8.6K views06:09
Ochish/sharhlash
2021-12-26 17:24:48 Samarqand shahrida yana suv yo’q, mas’ullar jim

Samarqand shahrining asosan ko‘p qavatli uylar joylashgan Sartepa, So‘g‘diyona va Mikrotuman maskanlarining ayrim hududlarida suv ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.

«Samarqand shahar suv ta’minoti» korxonasi Sadriddin Ayniy ko‘chasida qurilgan d-1000mm yangi yuqori bosimli ichimlik suvi tarmog‘ini asosiy tarmoqqa ulash va Sartepa maskanida yuqori bosimli ichimlik suvi tarmog‘ida sodir bo‘lgan nosozliklarni bartaraf etilishi sababli 23-dekabr soat 23:00dan 24-dekabr soat 23:00ga qadar bir qator hududlarda ichimlik suv ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatilishi haqida e’lon qilgan edi.

Biroq shaharning aksariyat qismida suv ta’minoti aytilgan bir sutkada tiklanmay, uchinchi kundirki suv yo’q. Ichimlik suvi ta’minoti 24-dekabr soat 23:00da emas, 25-dekabr soat 23:00da tiklangan bo‘lsa-da, 26-dekabr, yakshanba kuni soat 12:00da yana to’xtagan. «Samarqand shahar suv ta’minoti» MCHJning Telegram’dagi mijozlar bilan ishlash guruhida Sartepa, So‘g‘diyona, Mikrotuman hududi aholisidan shikoyatlar tushishda davom etmoqda, ammo mutasaddilar aniq javob berishmagan.

Kun.uz o’quvchilari havo sovuq bo‘lishiga qaramay, ko‘p qavatli uylar atrofida odamlar chelak va plastik idishlarda suv izlab yurganini yozmoqda. «Samarqand suv ta’minoti» MCHJ esa shahar aholisini qiynayotgan muammo borasida sukut saqlamoqda.

Samarqand xabarlari
6.6K views14:24
Ochish/sharhlash