Get Mystery Box with random crypto!

Shubhali koʻringan “Spark'da koʻp miqdorda pirotexnika borligi | Samarqand | Kun.uz

Shubhali koʻringan “Spark'da koʻp miqdorda pirotexnika borligi aniqlandi

2021-yil 25-dekabr kuni viloyat IIB PPXB 4-otryadi xodimlari tomonidan Qorasuv massivida shubhali ko‘ringan “Spark mashinasi xolislar ishtirokida tekshirilgan.

Tekshiruv davomida Bulungʻur tumanida yashovchi 1988-yilda tugʻilgan R.B. boshqaruvida bo‘lgan mashina salonida jami 105 600 dona “Treniya” nomli pirotexnika vositalari borligi aniqlanib, rasmiylashtirilgan.

Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Samarqand xabarlari