Get Mystery Box with random crypto!

Oqdaryo tumaniga yangi hokim tayinlandi Oqdaryo tumanida oʻtk | Samarqand | Kun.uz

Oqdaryo tumaniga yangi hokim tayinlandi

Oqdaryo tumanida oʻtkazilayotgan xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala koʻrilgan.

Oqdaryo tumani hokimi vazifasida faoliyat olib borgan Najmiddin Sulaymonov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan oʻz arizasiga asosan egallab turgan vazifasidan ozod etilgan.

Sessiyada deputatlar tomonidan Sherzod Qudratov nomzodi Oqdaryo tumani hokimi lavozimiga tasdiqlangan.

Mazkur tayinlovgacha Sh.Qudratov Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat olib borgan.

Samarqand xabarlari