Get Mystery Box with random crypto!

Kun.uz‘ga murojaat Urgutda nega chiroq ko‘p o‘chayapti? «Bi | Samarqand | Kun.uz

Kun.uz‘ga murojaat

Urgutda nega chiroq ko‘p o‘chayapti?

«Biz Urgut tumanidan murojaat qilayapmiz. So‘nggi kunlarda tuman hududida elektr ta‘minoti umumun ogohlantirishlarsiz ko‘p marta bir necha soatdan uzib qo‘yilmoqda. Bugun, 24-iyul kuni Ispanza va G‘os qishloqlarida tushda o‘chgan chiroq hanuzgacha yonmadi. Hozir ayni uzumzor bog‘larni sug‘orish mavsumi. Shu paytlarda bog‘larga suv qo‘yilmasa hosildan umid qilmasa ham bo‘ladi. Iltimos, murojaatimizni e‘tiborsiz qoldirmang. Zora shunda “xalq dardida ishlayapmiz” deb og‘iz ko‘pirtirayotgan mutasaddilar biz duch kelayotgan muammoga e‘tibor qaratishsa.

P.S. Ayni kunlarda turli hududlarda elektr energiyasiga cheklovlar joriy qilingani va aholi punktlari navbati bilan 1-2 soatga tarmoqdan uzilayotgani aytilmoqda. Biroq Urgut tumanida aholi nega 5-6 soatlab chiroqsiz qolib ketayapti, mutasaddi tashkilotlardan izoh kutib qolamiz.

Samarqand xabarlari